Vazirlar Mahkamasining 10 avgustdagi qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan xorijiy naqd pul valyutasini olib kirish va olib chiqish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, 100 mln so‘mgacha ekvivalentdagi naqd xorijiy valyutani mamlakatdan hech qanday ruxsatnomasiz olib chiqish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, 70 mln so‘mgacha bo‘lgan ekvivalentdagi mablag‘lar uchun deklaratsiya talab qilinmaydi. Hujjat qabul qilingan vaqtda bu mos ravishda 9750 va 6800 dollarni tashkil etadi.

Bunga qadar mamlakatdan ruxsatnomasiz 5000 AQSH dollarigacha, deklaratsiyasiz esa 2000 dollargacha miqdordagi naqd xorijiy valyutani olib chiqish mumkin edi.

Qaror 1 sentyabrdan kuchga kiradi.