«propiska» tegli maqolalar


Propiska to‘g‘risidagi qonun bekor qilinib, ro‘yxatga olishning xabardor qilish tartibi joriy etiladi
8 may 2023, 23:19

Propiska to‘g‘risidagi qonun bekor qilinib, ro‘yxatga olishning xabardor qilish tartibi joriy etiladi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 12 toifadagi fuqarolar doimiy propiska qilish huquqiga ega. O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan yangilangan Konstitutsiyaga zid bo‘lgan mazkur qonun bekor qilinmoqda.

Rim huquqining tamoyillari Konstitutsiyada qayd etilishi mumkin
20 iyun 2022, 17:53

Rim huquqining tamoyillari Konstitutsiyada qayd etilishi mumkin

O‘zbekiston qonunchiligida bajarib bo‘lmaydigan yoki bajarish qiyin bo‘lgan normalar ham uchrab turadi, dedi prezident. U Konstitutsiyaga fuqarolarga bajarib bo‘lmaydigan majburiyatni yuklamaslik haqidagi nomrani kiritishni taklif qildi. Hayot daxlsizligi Bosh qonunda mustahkamlanishi kerakligi ham aytildi.

4 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
4 fevral 2022, 22:00

4 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Pekinga yetib borgan Shavkat Mirziyoyev, haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon markazi kimnikiligi va bunga Avtotest`ning qanday aloqasi borligi, yo‘llardagi nosozliklar haqida xabar berishga mo‘ljallangan «Shaffof yo’l» platformasi, «propiska» so‘zidan voz kechishni ma’qullagan senatorar, uch marta suiqasd uyushtirilgan daraxtlar, qishda cho‘milish haqida Toshkent morjlaridan intervyu va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 4 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Senatorlar «propiska» so‘zini qonunchilikdan butunlay chiqarishni ma’qulladi
4 fevral 2022, 15:06

Senatorlar «propiska» so‘zini qonunchilikdan butunlay chiqarishni ma’qulladi

Senatorlar «propiska» so‘zi ma’nan eskirganligi va fuqarolar ongida «to‘sqinlik qiluvchi», «erkinlikni cheklovchi» degan tushunchalarni keltirib chiqarayotgani uchun uni qonun hujjatlaridan butunlay chiqarishni ma’qullashdi. Endi uning o‘rniga «yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish» tushunchasi qo‘llaniladi.

“Bitta aybim Toshkentda tug‘ilmaganim edi” — prezident “propiska” haqida gapirdi
22 sentabr 2021, 20:17

“Bitta aybim Toshkentda tug‘ilmaganim edi” — prezident “propiska” haqida gapirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bir vaqtlar Toshkentda “propiska” olish azob bo‘lgani, uning o‘zi ham institutda fan nomzodi bo‘lmaguncha “propiska"siz bo‘lganini esga oldi. “Bitta aybim — Toshkentda tug‘ilmaganim uchun edi. Nima degani bu? Adolat emas-ku bu”, — deya ta’kidladi u.

Adliya vazirligi va Senat ayollarni erining uyiga propiskaga qo‘ymaslikdagi «kazus»ni muhokama qildi
31 may 2021, 20:36

Adliya vazirligi va Senat ayollarni erining uyiga propiskaga qo‘ymaslikdagi «kazus»ni muhokama qildi

Senatda kelinlarni farzandlari bilan erining uyiga ro‘yxatga qo‘ymaslik masalasi muhokama qilindi. Uyni sotishda ular roziligining olinmasligi ko‘chada qolishlariga sabab bo‘lishi mumkin. Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov esa muammoning boshqa tomoni borligini ta’kidladi.

Homilador ayolni «propiska» sababli poytaxt tug‘ruqxonasiga qabul qilishmadi
12 may 2021, 14:23

Homilador ayolni «propiska» sababli poytaxt tug‘ruqxonasiga qabul qilishmadi

Toshkent shahridagi 1-sonli tug‘ruqxonada Yangiyo‘l tumanida ro‘yxatda bo‘lgan homilador ayolni qabul qilishmadi. Vaziyat o‘rganilgach, poytaxt sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari va tug‘ruqxona kompleksining bosh shifokori ishdan bo‘shatildi.

Bir qator davlat xizmatlarida «propiskaga qaramlik» bekor qilinishi mumkin
11 dekabr 2020, 12:55

Bir qator davlat xizmatlarida «propiskaga qaramlik» bekor qilinishi mumkin

Nikohdan o‘tish, xorijga chiqish pasportini olish, transport vositasini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish va boshqalarda «propiska qaramligi»ni bekor qilish taklif etilmoqda.

«Propiska»ni qanday qilib onlayn olish mumkin?
2 noyabr 2020, 15:32

«Propiska»ni qanday qilib onlayn olish mumkin?

Toshkent shahri va viloyatida doimiy ro‘yxatga olish (propiska) bo‘yicha onlayn xizmat yo‘lga qo‘yildi. Xizmatdan foydalanish uchun OneID va elektron raqamli imzo kaliti talab etiladi. Uni qanday olish bo‘yicha qo‘llanma.

1 sentyabrdan nimalar o‘zgaradi?
22 avgust 2020, 17:24 1

1 sentyabrdan nimalar o‘zgaradi?

Oshayotgan nafaqalar, propiska bo‘yicha yangi tartiblar, jonli ijrodagi konsertlar uchun chegirmalar, undirilishi umidsiz soliqlarni hisobdan chiqarish tartiblari va boshqalar — 1 sentyabrdan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar.

Oxirgi ikki oyda 40 ming fuqaro Toshkent propiskasini oldi
6 iyul 2020, 20:02

Oxirgi ikki oyda 40 ming fuqaro Toshkent propiskasini oldi

Yil boshidan beri Toshkent shahrida jami qariyb 50 ming nafar fuqaro doimiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, shundan may va iyun oylarining o‘zida 40 mingga yaqin nafar fuqaro doimiy ro‘yxatga kiritilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting