«oson» tegli maqolalar


Markaziy bank Oson`ning litsenziyasini tikladi
14 noyabr 2023, 10:57

Markaziy bank Oson`ning litsenziyasini tikladi

Markaziy bank Brio Group MCHJning (Oson brendi) to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyasini tikladi. Kompaniya litsenziyasining amal qilish muddati 17-oktabrda to‘xtatib qo‘yilgandi. Undan avval esa Oson`ga qonun talablarini buzgani uchun jarima sanksiyasi qo‘llangan.

MB raisi — to‘lov xizmatlari uchun xalqaro pul o‘tkazmalari cheklangani sabablari haqida
19 sentabr 2023, 12:11

MB raisi — to‘lov xizmatlari uchun xalqaro pul o‘tkazmalari cheklangani sabablari haqida

To‘lov tizimlari mijozlar nomidan konvertatsiya bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirib, buni eksport tushumi sifatida ko‘rsata boshladi, dedi Markaziy bank raisi. Ular, shuningdek, pulni jo‘natuvchi va oluvchilar kim ekanini aniqlashtirmadi, shu sababli cheklovlar kiritish kerak bo‘ldi, deya qayd etdi u.

Markaziy bank to‘lov xizmatlari uchun xalqaro pul o‘tkazmalarining cheklanganiga izoh berdi
5 sentabr 2023, 17:05

Markaziy bank to‘lov xizmatlari uchun xalqaro pul o‘tkazmalarining cheklanganiga izoh berdi

Oson to‘lov xizmati qabul qiluvchi va jo‘natuvchi to‘g‘risidagi talab qilinadigan ma’lumotlarni qonunchilikda ko‘rsatilganidek aks ettirmagani uchun jarimaga tortildi, deya xabar qildi Markaziy bank. Regulyator to‘lov tashkilotlari uchun xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha cheklovlarga ham izoh berdi.

Oson MB sanksiyasi bo‘yicha so‘rovlarni qaytarib olishi va jarimani to‘lamoqchiligini ma’lum qildi
5 sentabr 2023, 15:09

Oson MB sanksiyasi bo‘yicha so‘rovlarni qaytarib olishi va jarimani to‘lamoqchiligini ma’lum qildi

Oson to‘lov xizmati Markaziy bank jarima sanksiyalari ishi bo‘yicha barcha so‘rovlarni qaytarib olishi va jarimani to‘lashini ma’lum qildi. Oson 5-sentabrdan mustaqil ravishda xorijiy pul operatsiyalarini amalga oshirmayapti, deya qayd etdi kompaniya.

Oson va PayWay xalqaro pul o‘tkazmalarini to‘xtatdi
5 sentabr 2023, 10:17

Oson va PayWay xalqaro pul o‘tkazmalarini to‘xtatdi

Oson to‘lov xizmati 5-sentabrdan xalqaro pul o‘tkazmalari va xorijiy xizmatlar uchun to‘lovlarni vaqtincha to‘xtatdi. PayWay ham barcha xalqaro yo‘nalishlarda, shu jumladan, Rossiyadan va Rossiyaga pul o‘tkazmalarini to‘xtatmoqda va buni Markaziy bankning talabi bilan izohladi.

Oson — MB jarimasi va transchegaraviy tranzit operatsiyalar taqiqlanishi haqida
31 avgust 2023, 22:34

Oson — MB jarimasi va transchegaraviy tranzit operatsiyalar taqiqlanishi haqida

“Gazeta.uz”ga Brio Group (Oson) MB qo‘llagan jarima yuzasidan izoh berdi. Shuningdek, to‘lov tashkilotlari 5-sentabrdan transchegaraviy tranzit operatsiyalar taqiqlanishi haqida ogohlantirilgani aytildi. Kompaniya MBdan millionlab mijozlarga ta’sir qiluvchi masala bo‘yicha shaffof muloqot tashkil etishni so‘rayapti.

Qonun talablarini buzgani uchun Oson`ga jarima sanksiyasi qo‘llandi
31 avgust 2023, 16:18

Qonun talablarini buzgani uchun Oson`ga jarima sanksiyasi qo‘llandi

Markaziy bank jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzgani uchun Brio Group (Oson) to‘lov tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanganini ma’lum qildi.

Oson va Payme faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda
7 avgust 2023, 09:44

Oson va Payme faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda

O‘zbekistondagi ikkita yirik to‘lov xizmati o‘z faoliyatidagi uzilishlar haqida xabar berdi. Oson Uzcard va Humo kartalari tizimdan vaqtincha uzilganini ma’lum qildi. Payme`da ham Uzcard va Humo orqali pul o‘tkazmalari ishlamayapti.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting