Orol dengizining kuni kutayotgan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, «Shovotlandiya» kafesini yoqib yuborgani uchun butun umrga qamalgan shaxslar, changli bo‘ron kuzatilayotgan Qarshi, avtomobillarni chaqirib olayotgan UzAuto Motors, Qibrayda qariyb 14 gektar yerni 3,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lganlar, totalizatorlar faoliyatiga qarshi Ruslanbek Davletov, bloklangan Twitter post e’lon qilayotgan Tanzila Narbayeva, O‘zbekistonlagi rahbarlarning mutaxassisligi va karera yo‘li — «Gazeta.uz» ning 21 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Prezidentning yangi qarori bilan tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan aholi va tadbirkorlik sub’etlariga imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkali kreditlar taqdim etiladi. Yagona elektron platforma orqali ajratilgan kreditlar hisobidan tovar va xizmatlar platformadagi «marketpleys» tizimi yordamida sotib olinadi.
Surxondaryo viloyatida kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish, aholi bandligini ta’minlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 150 mln dollar mablag‘ ajratiladi. Shuningdek, xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinayotgan qarz mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 50 mln dollar hududda issiqxona xo‘jaligini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting