«navbahor» tegli maqolalar


OCHL nimchorak finalida “Nasaf” “Al Ayn” bilan, “Navbahor” esa “Al Ittihod” bilan o‘ynaydi
28 dekabr 2023, 14:17

OCHL nimchorak finalida “Nasaf” “Al Ayn” bilan, “Navbahor” esa “Al Ittihod” bilan o‘ynaydi

Malayziya poytaxtida Osiyo Chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘ldi. “Nasaf” mazkur bosqichda BAAning “Al Ayn” jamoasi bilan o‘ynasa, “Navbahor” Karim Benzema yetakchiligidagi “Al Ittihod”ga qarshi maydonga chiqadi.

OCHL: “OKMK”da mag‘lubiyat, “Navbahor”da durang, “Nasaf”da esa g‘alaba
19 sentabr 2023, 11:20

OCHL: “OKMK”da mag‘lubiyat, “Navbahor”da durang, “Nasaf”da esa g‘alaba

Dushanba kuni O‘zbekistonning 3 ta klubi Osiyo Chempionlar ligasida o‘z ishtirokini boshladi. Ilk turda “OKMK” “Al-Ittihod”ga 3:0 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, “Nasaf” “Al-Faysaliy”ni minimal hisobda yutdi. “Navbahor” esa Neymar boshchiligidagi “Al-Hilol” bilan durang o‘ynadi.

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlandi
24 avgust 2023, 13:35

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlandi

O‘zbekistonning “Paxtakor”, “Nasaf”, “Navbahor” va AGMK futbol klublari OCHLning 2023/2024-yilgi mavsumi guruh bosqichidagi raqiblari nomini bilib oldi. AGMK tarkibiga Karim Benzemani qo‘shib olgan “Al-Ittihod” bilan, “Navbahor” esa Neymar bilan shartnoma tuzgan “Al-Hilol” bilan o‘ynaydigan bo‘ldi.

“Navbahor” va OKMK Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqdi
23 avgust 2023, 02:04

“Navbahor” va OKMK Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqdi

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL)ning 2023/2024-yilgi mavsumi guruh bosqichida O‘zbekistondan to‘rt jamoa — “Paxtakor”, “Nasaf”, “Navbahor” va OKMK ishtirok etadigan bo‘ldi. Qit’a klublarining eng nufuzli musobaqasi guruh bosqichida so‘nggi bor 2016-yili O‘zbekiston nomidan to‘rt jamoa qatnashgan edi

“Nasaf” 2022-yilgi O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi
30 oktabr 2022, 22:46

“Nasaf” 2022-yilgi O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi

“Nasaf” uch karra O‘zbekiston Kubogi sohibiga aylandi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Navbahor” bilan tenglashib oldi. Ushbu jamoalar ayni vaqtda O‘zbekiston Superligasida ham chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan bo‘lib turibdi.

Andrey Kanchelskis «Navbahor» to‘lashi kerak bo‘lgan kompensatsiya tufayli unga tahdid bo‘lganini aytmoqda
2 dekabr 2021, 16:47

Andrey Kanchelskis «Navbahor» to‘lashi kerak bo‘lgan kompensatsiya tufayli unga tahdid bo‘lganini aytmoqda

«Navbahor»ning sobiq murabbiyi Andrey Kanchelskis noma’lum shaxslar unga tahdid qilib, klub to‘lashi kerak bo‘lgan 1,6 mln yevro kompensatsiyani kamaytirishni so‘rashganini ma’lum qildi. Klub bu «uydirma va bo‘hton» bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab, holatni Xalqaro Sport arbitraj sudida «o‘zini oqlash uchun qilinayotgan bo‘lishi mumkin» deya ta’rifladi.

«Penalti bermaganida hakam chetlatilardi» — Hakamlar departamenti boshlig‘i Namangandagi o‘yin haqida
22 aprel 2021, 18:20

«Penalti bermaganida hakam chetlatilardi» — Hakamlar departamenti boshlig‘i Namangandagi o‘yin haqida

O‘FA hakamlar departamenti boshlig‘i Erkin Baxtiyorov «Navbahor» — «Paxtakor» uchrashuvida penalti belgilamaslik noto‘g‘ri ish bo‘lishini aytdi. «O‘yinda uchrashuv muhiti, undagi atmosfera, muxlislardan kelib chiqib penalti qo‘yilmaganida hakam o‘sha o‘yin uchun „2 baho olardi“ va chetlatilardi», — deydi u.

«Navbahor» keyingi ikkita uy uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazadi — O‘FA
13 aprel 2021, 13:08

«Navbahor» keyingi ikkita uy uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazadi — O‘FA

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi «Navbahor» — «Paxtakor» futbol o‘yini vaqtida kelib chiqqan tartibsizliklar bo‘yicha o‘z qarorini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ikkala jamoaning rasmiylariga intizomiy choralar ko‘riladi. «Navbahor» futbol klubi esa keyingi ikkita uy uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazadi.

Namanganda futbol o‘yinidan so‘ng muxlislar tartibsizlik yuzaga keltirishdi
8 aprel 2021, 14:23

Namanganda futbol o‘yinidan so‘ng muxlislar tartibsizlik yuzaga keltirishdi

“Navbahor” — “Paxtakor” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng (1:2), namanganlik muxlislar hakamlarning o‘yinda chiqargan qarorlaridan norozi bo‘lib, tartibsizliklar yuzaga keltirishdi.

«Navbahor» muxlisi YTHda vafot etdi
15 mart 2021, 11:07

«Navbahor» muxlisi YTHda vafot etdi

«Navbahor» futbol klubi muxlisini Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasi bilan o‘yinidan so‘ng mashina urib yubordi. Fuqaro bir necha tan jarohatlari bilan vafot etdi.

«Pulga bo‘sh koyka topishning o‘zi qiyin» — «Navbahor» murabbiyi Andrey Kanchelskis
7 sentabr 2020, 11:41

«Pulga bo‘sh koyka topishning o‘zi qiyin» — «Navbahor» murabbiyi Andrey Kanchelskis

«Navbahor» futbol klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis koronavirusga chalinganligi va shifoxonalar bandligi sababli darhol shifoxonaga yota olmaganligi haqida ma’lum qildi. Kanchelskis bir necha kunni mehmonxonada o‘tkazib, keyin xususiy klinikaga statsionar sharoitda davolanish uchun yotqizilgan. Uning koronavirus bilan kasallanganligi 28 avgust kuni aniqlangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting