28-dekabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’ada O‘zbekistonning 2 jamoasi — “Nasaf” va “Navbahor” o‘z raqiblarini bilib oldi. “Nasaf” mazkur bosqichda BAAning “Al Ayn” jamoasi bilan o‘ynasa, “Navbahor” Saudiya Arabistonining “Al Ittihod” jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

Nimchorak finalning dastlabki uchrashuvlari 12−13-fevralda, javob o‘yinlari esa 19−20-fevralda bo‘lib o‘tadi.

G‘arb va Sharq mintaqasidagi juftliklar quyidagicha:

Jamoalarimizning keyingi yo‘li quyidagicha ko‘rinish oladi:

Infografika: O‘zbekiston professional futbol ligasi matbuot xizmatiInfografika: O‘zbekiston professional futbol ligasi matbuot xizmati
Chorak final o‘yinlari G‘arb mintaqasida 4−5 va 11−12-mart kunlari, Sharq mintaqasida esa 5−6, 12−13-mart kunlari o‘tkaziladi. Yarimfinal o‘yinlari G‘arb mintaqasida 16 va 23-aprelda, Sharq mintaqasida 17 va 24-aprelda bo‘lib o‘tadi. G‘arb va Sharq mintaqasi vakillari o‘rtasidagi final o‘yinlari 11 va 18-may kunlari o‘tkaziladi.

Navbahorga raqiblik qiladigan “Al Ittihod” jamoasi tarkibida dunyo futbolining qator yulduzlari, jumladan, Fabino, N’Golo Kante, Karim Benzema kabi futbolchilar bor.