«nashida» tegli maqolalar


Nashida tufayli 3 yilga qamalgan yigitga chiqarilgan hukm ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirildi
28 iyul 2023, 18:43

Nashida tufayli 3 yilga qamalgan yigitga chiqarilgan hukm ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirildi

Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasi nashida tufayli 3 yilga qamalgan 21 yoshli Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan hukmni 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirdi. Jahongir Ulug‘murodov darhol jazoni ijro etish joylarida qamoqdan ozod qilinishi belgilandi.

Nashida ortidan 3 yilga qamalgan yigitga nisbatan chiqarilgan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi
17 iyul 2023, 15:40

Nashida ortidan 3 yilga qamalgan yigitga nisbatan chiqarilgan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi

Toshkent viloyat sudi jihod va hijratga da’vat qiluvchi diniy mazmundagi nashidalarni 10 kishilik Telegram-guruhga yuborgani uchun 3 yilga qamalgan Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan sud hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi.

Namanganda bir-biriga nashida yuborgani uchun aka-singilga sud hukmi o‘qildi
13 iyul 2023, 12:10

Namanganda bir-biriga nashida yuborgani uchun aka-singilga sud hukmi o‘qildi

Namanganda “aqidaparastlik materiallari, shu jumladan nashidalar”ni tarqatgani uchun 23 yoshli yigitga 5 yilga qamoq, uning 19 yoshli singlisiga 2 yilga “uy qamog‘i” jazosi tayinlandi. Singil videolarni akasi tarqatgani, bu ishga uni aloqasi yo‘qligini aytgan, biroq keyin aybiga iqror bo‘lgan.

“O‘g‘limga yana bir imkon beringlar”. Nashida ortidan qamalgan talabaning onasi prezidentga murojaat qildi
10 may 2023, 18:21

“O‘g‘limga yana bir imkon beringlar”. Nashida ortidan qamalgan talabaning onasi prezidentga murojaat qildi

Nashida yuborishi ortidan 3 yilga qamalgan talaba Jahongir Ulug‘murodovning onasi prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi. “Nashida mumkinmasligi nega televizorda aytilmaydi, biz qayerdan bilamiz u nashida ekanini?” deya savol bilan yuzlandi Gulchehra Umarova va o‘g‘liga yana bir imkon berishlarini so‘radi.

Nashida uchun 3 yilga qamalgan yigitning harakatlarini tergov idoralari to‘g‘ri malakalagan — Toshkent viloyati IIBB
10 may 2023, 14:45

Nashida uchun 3 yilga qamalgan yigitning harakatlarini tergov idoralari to‘g‘ri malakalagan — Toshkent viloyati IIBB

Toshkent viloyati IIBB 21 yoshli yigit nashida uchun 3 yilga qamalgani bo‘yicha aytilayotgan ayrim fikrlar noxolisligi, tergov idoralari ishni to‘g‘ri malakalaganini bildirdi. U Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” terror tashkiloti ma’ruzalarini tinglab, ularning g‘oyaviy ta’siriga tushgan, deyiladi xabarda.

“Yetimlarni zo‘rlagan amaldorga shartli jazo, nashida yuborganga 3 yil qamoq”. Toshkentda 21 yoshli talabaning qamalishi e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda
9 may 2023, 01:11

“Yetimlarni zo‘rlagan amaldorga shartli jazo, nashida yuborganga 3 yil qamoq”. Toshkentda 21 yoshli talabaning qamalishi e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda

Telegram-guruhga nashida havolasini yuborgan 21 yoshli talaba yigitning 3 yilga ozodlikdan mahrum etilgani ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarga sabab bo‘ldi. Aksariyat fuqarolar unga nisbatan tayinlangan jazoni o‘ta og‘ir va adolatsiz deb hisoblamoqda. Holat yuzasidan Alisher Sa’dullayev ham fikr bildirdi.

Diniy qo‘shiq uchun 5 yilga qamalgan talaba shartli ozod qilindi
2 mart 2023, 21:32

Diniy qo‘shiq uchun 5 yilga qamalgan talaba shartli ozod qilindi

Diniy qo‘shiq — nashida uchun 5 yilga qamalgan 22 yoshli talaba Sardor Rahmonqulov ozodlikka chiqdi. Toshkent sudi hukmni shartli jazoga almashtirdi.

Toshkentda 22 yoshli yigit diniy qo‘shiqlarni tarqatgani uchun 5 yilga qamaldi
3 fevral 2023, 13:26

Toshkentda 22 yoshli yigit diniy qo‘shiqlarni tarqatgani uchun 5 yilga qamaldi

Texnika universiteti 4-kurs talabasi diniy qo‘shiqlarni tanishlari orasida tarqatgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Diniy qo‘mita xulosasiga ko‘ra, aqidaparastlik g‘oyasiga asoslangan ushbu nashidani O‘zbekiston hududiga olib kirish va tarqatish taqiqlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting