«msk» tegli maqolalar


Qariyb 422 ming fuqaro saylovda muddatidan oldin ovoz berdi
22 oktabr 2021, 15:49

Qariyb 422 ming fuqaro saylovda muddatidan oldin ovoz berdi

Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 14−20 oktabr kunlari prezidentlik saylovlarida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarida jami 421 618 nafar fuqaro qatnashdi.

«Qonun buzilishi kuzatilmayapti». MSK — nomzodlarning saylovoldi targ‘iboti va amaldagi vazifasi aralashib ketishi haqida
13 oktabr 2021, 16:03

«Qonun buzilishi kuzatilmayapti». MSK — nomzodlarning saylovoldi targ‘iboti va amaldagi vazifasi aralashib ketishi haqida

MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov nomzodlarning saylovoldi tashviqoti va amaldagi vazifasi bo‘yicha faoliyati aralashib ketmayotganligi haqida fikr bildirar ekan: «Qonun buzilishi kuzatilmayapti», — deya ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, MSK zarur holatda o‘zining fikrlarini bildirayapti va nomzodlarning shtablari bilan ish olib bormoqda.

«Prezidentlikka nomzodlar o‘rtasida raqobatli kurash kuzatilmadi». YeXHT DIIHBning oraliq hisoboti
11 oktabr 2021, 00:52

«Prezidentlikka nomzodlar o‘rtasida raqobatli kurash kuzatilmadi». YeXHT DIIHBning oraliq hisoboti

YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekiston prezidenti saylovini kuzatish missiyasining oraliq hisobotini e’lon qildi. Missiya xulosalari: shu paytgacha nomzodlar o‘rtasida raqobatli kurash bo‘lmadi, saylovoldi kampaniyalarida dominant mavzular yo‘q va boshqalar.

Qo‘llanma: saylov uchastkasini aniqlash va uni o‘zgartirish
8 oktabr 2021, 12:18

Qo‘llanma: saylov uchastkasini aniqlash va uni o‘zgartirish

24 oktabr kuni prezident saylovlarida qaysi saylov uchastkasida ovoz berishingiz mumkinligini bilasizmi? Sizga biriktirilgan saylov uchastkasini o‘zgartirish mumkinmi? «Gazeta.uz» fuqarolar uchun saylov uchastkasini aniqlash va uni o‘zgartirish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi.

MSK Alisher Qodirov va Narzulla Oblomuradovni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga oldi
11 sentabr 2021, 17:06

MSK Alisher Qodirov va Narzulla Oblomuradovni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga oldi

Shanba kuni MSK Milliy tiklanish partiyasidan Alisher Qodirovni hamda Ekologik partiyadan Narzulla Oblomuradovni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga oldi. MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, ularga guvohnomalar tez kunlarda topshiriladi.

Nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari qanday tekshiriladi? MSK vakili bilan suhbat
11 sentabr 2021, 08:45

Nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari qanday tekshiriladi? MSK vakili bilan suhbat

Nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalarini tekshirish tartibi qanday va kimlar tomonidan amalga oshiriladi? Imzo varaqalari qanday holatlarda haqiqiy emas deb topiladi? «Gazeta.uz» muxbirining shu va boshqa savollariga MSK kotibi Xudoyor Mamatov javob berdi.

Pandemiya davrida prezident saylovi: MSK maxsus yo‘riqnomani qabul qildi
25 avgust 2021, 14:23

Pandemiya davrida prezident saylovi: MSK maxsus yo‘riqnomani qabul qildi

MSK pandemiya davrida prezident saylovini o‘tkazishga oid maxsus yo‘riqnomani qabul qildi. Unga ko‘ra, tana harorati yuqori bo‘lgan fuqarolar saylov uchastkasiga kiritilmaydi, ular uchun ochiq havoda ko‘chma saylov qutilari tashkil qilinadi. Qolaversa, yashirin ovoz berish kabinalariga parda osilmaydi. Saylov boshlanishidan 6 soat oldin ovoz berish bino va xonalari dezinfeksiya qilinadi.

Xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun 49 ta davlatda statsionar va ko‘chma saylov punktlari tashkil etiladi
11 avgust 2021, 16:53

Xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun 49 ta davlatda statsionar va ko‘chma saylov punktlari tashkil etiladi

Chet elda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklarning prezident saylovida qatnashishi uchun 49 ta davlatda 54 ta statsionar va 316 ta ko‘chma saylov punkti tashkil etiladi. Jumladan, O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi bosh konsulxonasi va BMTdagi vakolatxonasida yagona saylov uchastkasi bo‘ladi. Hozirgacha xorijdagi saylovchilarning birlamchi ro‘yxati ham shakllantirildi.

Prezident saylovi uchun partiyalarning vakolatli vakillari ro‘yxatga olindi
29 iyul 2021, 18:21

Prezident saylovi uchun partiyalarning vakolatli vakillari ro‘yxatga olindi

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti saylovi uchun beshta partiyaning vakolatli vakillarini ro‘yxatga oldi. Ular MSK majlislari, hujjatlarni topshirish, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganini tekshirish, ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida ishtirok etadi.

YeXHTning maxsus missiyasi prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonini ijobiy baholagan — MSK
26 iyul 2021, 14:49

YeXHTning maxsus missiyasi prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonini ijobiy baholagan — MSK

Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov Ehtiyojlarni baholash missiyasi O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayoni bo‘yicha «juda ijobiy» xulosa berganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, missiya o‘tgan saylovlar bo‘yicha YeXHTning tavsiyalarini saylov amaliyotiga joriy etilishini ham ijobiy baholagan.

«Bu qonun chiqaruvchilarimizga bog‘liq». MSK raisi o‘rinbosari prezidentlikka mustaqil nomzod ko‘rsatish haqida
24 iyul 2021, 14:31

«Bu qonun chiqaruvchilarimizga bog‘liq». MSK raisi o‘rinbosari prezidentlikka mustaqil nomzod ko‘rsatish haqida

Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov saylovchilar tashabbuskor guruhlari mustaqil ravishda o‘z nomzodini ko‘rsatish masalasini hal etish qonun chiqaruvchilarga bog‘liq ekanligini qayd etdi. Ushbu masala YeXHTning DIIHB missiyasining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ko‘tarilgan edi.

Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Konstitutsiyaviy sud sudyasi bo‘ldi
5 fevral 2021, 11:24

Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Konstitutsiyaviy sud sudyasi bo‘ldi

Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisida Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Konstitutsiyaviy sud sudyasi lavozimiga tasdiqlandi. U bunga qadar qariyb 16 yil davomida Markaziy saylov komissiyani boshqargan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting