5 fevral kuni Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisida tegishli qaror qabul qilindi.

Majlisda shuningdek, Markaziy saylov komissiyasining 8 nafar yangi a’zolari tasdiqlandi. Ular orasida Oliy Majlis Senati raisining o‘rinbosari Zayniddin Nizamxodjayev hamda adliya vaziri o‘rinbosari Baxrom Kuchkarov ham bor.

Bundan tashqari, senatorlar 7 nafar komissiya a’zosini vakolatini tugatishga ham bir ovozdan tasdiqlashdi.

Shundan so‘ng, Senat raisi Tanzila Narbayeva MSK yangi a’zolariga o‘z yig‘ilishlarini o‘tkazishga ruxsat berdi.

Avvalroq, «Gazeta.uz» o‘z manbasiga tayanib, Markaziy saylov komissiyaning raisi Mirza-Ulug‘bek Abdusalomovning boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan uning o‘rniga Senat raisi o‘rinbosari Zayniddin Nizamxodjayev saylanishi kutilayotgani, unga esa adliya vaziri o‘rinbosari Baxrom Kuchkarov o‘rinbosar bo‘lishi haqida ёзганэди.