«mehnat vazirligi» tegli maqolalar


20 noyabr 2021, 13:42

Mehnat vazirligi emlanmagan xodimlarni ishdan chetlatish tartibini tushuntirdi

Mehnat vazirligi ish beruvchilarga vaksina olmagan xodimlarini ishdan chetlashtirish tartibini tushuntirdi. Unga ko‘ra, xodimdan emlashni rad etish bo‘yicha yozma ariza olinadi. Agar u yozma ariza berishdan bosh tortsa, dalolatnoma tuziladi. Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra emlanmaydiganlar masofaviy ish rejimiga o‘tkazilishi mumkin.

18 dekabr 2020, 13:22

Mehnat vazirligi Nukus shahridagi voqeaga munosabat bildirdi

17 dekabr kuni jamoat ishiga jalb qilingan va oyligini ololmagan fuqarolar Nukus shahri markaziga chiqqan edi. Mehnat vazirligi ushbu vaziyat bo‘yicha aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilishi va mablag‘lar 18 dekabr kuni to‘liq to‘lab berilishi haqida ma’lum qildi.

2 noyabr 2020, 13:19

Paxta mavsumida 158 nafar mansabdor shaxsning mehnat qonunchiligini buzgani aniqlandi

Davlat mehnat inspeksiyasi respublika hududlarida 2 570 dan ortiq tashkilot, fermer xo‘jaligi va klasterlarda mehnat munosabatlariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruvlar olib bordi. Unga ko‘ra, 158 nafar mansabdor shaxsning mehnat qonunchiligini buzgani aniqlanib, 577 mln so‘mdan ortiq miqdorda jarimaga tortildi.

12 avgust 2020, 16:59

Yarim yilda Davlat mehnat inspeksiyasi deyarli 3900 nafar mansabdor shaxslarni jarimaga tortgan

2020 yilning birinchi yarmida Davlat mehnat inspeksiyasiga mehnat munosabatlari buzilganligi to‘g‘risida 12 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ularni o‘rganishi natijasida 3886 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 6,3 mlrd so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting