«maqsuda vorisova» tegli maqolalar


25 oktabr 2021, 19:08

«„Yangi O‘zbekiston Strategiyasi“ xalqimiz qalbidan chuqur o‘rin egalladi» — Vorisova Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi

XDPdan nomzod Maqsuda Vorisova Shavkat Mirziyoyevni prezidentlik saylovida g‘olib bo‘lgani bilan tabrikladi. U «saylov natijalarini to‘la-to‘kis tan olishini» aytdi. «Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilib, e’lon qilingan „Yangi O‘zbekiston Strategiyasi“ xalqimizning qalbidan chuqur o‘rin egalladi», — deya qo‘shimcha qildi Maqsuda Vorisova.

24 oktabr 2021, 10:45

Maqsuda Vorisova prezidentlik saylovlarida ovoz berdi

Xalq demokratik partiyasidan nomzod Maqsuda Vorisova prezidentlik saylovlarida o‘z ovozini berdi.

28 sentabr 2021, 09:22

«Hali ular hayotni bilmaydi-ku» — Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka boshqa nomzodlar haqida

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida har kuni raqiblardan ham ko‘p narsa o‘rganishi kerakligini aytib o‘tdi. U boshqa nomzodlarning hayotni bilmasligini, bu bilan ularni yomonlash niyati yo‘qligini ta’kidladi.

26 sentabr 2021, 10:50

“Bu tizimni boshqa joylarda ham qilamiz”. Shavkat Mirziyoyev maktablarda bepul ovqatlanish haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda bo‘lib o‘tgan saylovoldi yig‘ilishida O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi maktab o‘quvchilari uchun ham bepul ovqatlanish tizimini joriy etishga va’da berdi. “Biz buni autsorsing tizimida, korrupsiyadan xoli tashkil etishni ishlab chiqamiz”, — dedi u.

22 sentabr 2021, 17:16

Prezidentlikka nomzodlar maktablarda bepul ovqatlanishni taklif qilishdi

O‘zLiDePning prezidentlikka nomzodi Shavkat Mirziyoyev Xorazmda ham 1−4 cinf o‘quvchilariga bepul tushlik berish joriy etilishini ma’lum qildi. XDPning prezidentlikka nomzodi Maqsuda Vorisova boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul nonushtalar tashkil etilishi haqida aytdi.

14 sentabr 2021, 11:47

Maqsuda Vorisova, Bahrom Abduhalimov va Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka nomzodlar sifatida ro‘yxatga olindi

Markaziy saylov komissiyasi XDPdan Maqsuda Vorisova, «Adolat»dan Bahrom Abduhalimov va O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyevni prezidentlikka nomzodlar sifatida ro‘yxatga oldi.

9 sentabr 2021, 16:47

«Barchaga g‘amxo‘rlik — davlatning burchi!» — XDP nomzodi Maqsuda Vorisovaning saylovoldi dasturi

Xalq demokratik partiyasi nomzodi Maqsuda Vorisova saylovoldi dasturini e’lon qildi. Prezidentlikka nomzod pensiya tayinlash tizimini isloh qilish, qimmatbaho mulklarga «hashamat solig‘i»ni joriy etish, shifokorlarning ish haqini 3 barobarga oshirish, 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni bepul 100 foiz maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish, xususiy shifoxonalarda 25% bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish kabi takliflarni ilgari surdi. Nomzodning to‘liq dasturi.

7 sentabr 2021, 13:26

«Shavkat Mirziyoyev juda to‘g‘ri qarorlar qabul qilyapti, ijro esa ta’minlanmayapti» — Maqsuda Vorisova

Prezidentlik saylovlariga XDPdan nomzod Maqsuda Vorisova amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev «juda katta inqilobiy o‘zgarishlarni amalga oshirganini» ta’kidladi. U asosan prezident qabul qilgan «juda to‘g‘ri qarorlarning» ijrosi ta’minlanmasligini tanqid qilishini qayd etdi. «Asosiy e’tirozimiz ijro organlariga», — dedi u.

8 iyul 2021, 16:01

«To‘lovni kechiktirgan fuqaro jarima to‘laydi, lekin ogohlantirishsiz elektr ta’minotini uzgan ta’minotchiga chora ko‘rilmaydi» — deputat

Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova barcha kommunal xizmatlar uchun aholi va ta’minotchi o‘rtasida tuziladigan shartnomalar qayta ko‘rib chiqilishi kerakligini ta’kidladi. «Elektr ta’minoti uchun to‘lovni 5 kunga kechiktirgan fuqaro jarima to‘laydi yoki ta’minotdan uzib qo‘yiladi. Lekin hech qanday ogohlantirishsiz elektr ta’minoti to‘xtatilsa yoki kuchlanish ortib ketgani sababli xonadonlardagi elektr asboblar ishdan chiqsa, ta’minotchiga chora ko‘rishning imkoni yo‘q», — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting