O‘zbekistonga Xitoyning Siyamen portidan Eronning Bandar-Abbos porti orqali tovarlar yetkazib berish boshlandi. Birinchi konteyner poyezdida mamlakatga maishiy texnika olib kelindi. Konteynerlar Eron portida temiryo‘l platformalariga ortilib, Turkmaniston orqali O‘zbekistonga kirib keldi.
O‘zbekiston transport vaziri va Eron yo‘l va shaharsozlik vaziri Eron-O‘zbekiston logistika markazini tashkil etish, shuningdek, Eronning Chobahor va Bandar-Abbos portlarida o‘zbekistonlik tadbirkorlar ishtirokida terminallar va omborlar qurishga kelishib oldi.
Xitoy logistika kompaniyalari O‘zbekistonda nafaqat tovarlarni ayirboshlab, transport xizmatlari ko‘rsatadi, balki chegaraoldi hududlarida logistika markazlarini ham tashkil qiladi, dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Shuningdek, “O‘ztemiryo‘lkonteyner” kompaniyasi bilan qo‘shma korxona ham ochiladi.
Shavkat Mirziyoyev transport sohasidagi islohotlarni jadallashtirishga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazdi. «Agar biz transport va logistikani yangi bosqichga olib chiqmasak, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlay olmaymiz», — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev eksportyorlar uchun eng maqbul yo‘nalishlarni ishlab chiqish va ularning transport xarajatlarini kamaytirish, eksport yuklarini Yevropaga olib o‘tish uchun qo‘shimcha ruxsatnomalar olish masalalarini hal etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
O‘zbekistonlik yuk mashinasi haydovchilari ilk marotaba Afg‘oniston orqali Pokistondan yuk tashuvlarini amalga oshirdi. Haydovchilar bir hafta ichida Karachi portidan Toshkentga bir partiya go‘sht olib kelishdi.
Hindistonlik treyder Pokiston va Afg‘oniston orqali birinchi tranzit jo‘natmani O‘zbekistonga jo‘natdi. 16 mart kuni 140 tonna yuk — asosan shakar ortilgan yuk mashinalari karvoni Kobuldan Toshkentga yo‘l olgan. Bungacha jo‘natma Mumbay, Karachi va Torxam shaharlaridan o‘tgan. Ushbu jo‘natma «to‘rtta davlatning hech birida hukumat ishtirokisiz amalga oshirilgan"i aytildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting