«klasterlar» tegli maqolalar


Klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi hali to‘liq to‘lanmagan — prezident
12 fevral 2024, 12:47

Klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi hali to‘liq to‘lanmagan — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi hali to‘liq to‘lanmaganini ma’lum qildi. Shuningdek, 2024-yil paxtasini sotish bo‘yicha fyuchers shartnomasi tuzgan fermerlarning ma’lum qismi kreditlarni haligacha olmagani ta’kidlandi.

Paxta xomashyosini yetkazish shartnomalari birja orqali tuziladi, fermerlar qisman erkinlikka ega bo‘ladi
14 dekabr 2023, 15:32

Paxta xomashyosini yetkazish shartnomalari birja orqali tuziladi, fermerlar qisman erkinlikka ega bo‘ladi

2024-yilgi hosil mavsumidan paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tovar-xomashyo birjasi orqali tuziladi. Fermerlar ortiqcha xomashyoni, shuningdek, o‘z mablag‘i hisobidan yetishtirilgan paxtani erkin sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Fermer va klasterlarni kreditlashning yangi tizimi joriy etiladi.

Fermerlar va klasterlar o‘rtasidagi shartnomalar endi chigit ekishdan avval birjada tuziladi
13 dekabr 2023, 12:08

Fermerlar va klasterlar o‘rtasidagi shartnomalar endi chigit ekishdan avval birjada tuziladi

Shavkat Mirziyoyev huzuridagi yig‘ilishda 2024-yil hosilidan boshlab fermerlar va klasterlar o‘rtasidagi shartnomalar chigit ekishdan avval birjada savdo o‘tkazish orqali tuzilishi ma’lum qilindi. Fermerlar va klasterlarga paxta xomashyosini yetishtirish uchun kreditlar ajratishning yangi tizimi joriy etiladi.

Klasterlarga import qilingan paxta urug‘ini ekishga ruxsat etiladi, to‘qimachilik sanoatiga yangi imtiyozlar beriladi
9 noyabr 2023, 21:49

Klasterlarga import qilingan paxta urug‘ini ekishga ruxsat etiladi, to‘qimachilik sanoatiga yangi imtiyozlar beriladi

Ball boniteti past, suv og‘ir bo‘lgan va hosildorligi 30 sentnerdan oshmaydigan har bir viloyatdagi 1 tadan tumanda 70−80 sentnerdan yuqori hosil beradigan paxta urug‘ini chetdan olib kelishga ruxsat etiladi, dedi prezident. Ayrim to‘qimachilik korxonalariga imtiyozlar beriladi.

O‘zbekiston fermerlariga klasterlarni o‘zi tanlash va ortiqcha hosilni erkin sotishga ruxsat berilishi mumkin
25 oktabr 2023, 20:53

O‘zbekiston fermerlariga klasterlarni o‘zi tanlash va ortiqcha hosilni erkin sotishga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekistonda fermerlarga o‘z faoliyatida qisman erkinlik berilishi mumkin. Prezident fermerlarga klasterlarni ixtiyoriy tanlash va ortiqcha hosilni sotish huquqini berish masalasi muhokama qilinayotganini bildirdi. Shuningdek, u yaylovlar degradatsiyasi muammosiga to‘xtalib, uni hal qilish yo‘llarini ko‘rsatdi.

O‘zbekistonda paxta narxini erkin bozor belgilaydi — qishloq xo‘jaligi vaziri
20 oktabr 2023, 15:08

O‘zbekistonda paxta narxini erkin bozor belgilaydi — qishloq xo‘jaligi vaziri

Faollar fermerlar va klasterlar o‘zaro teng munosabatga kirisholmasligi, fermerlarda narx bo‘yicha tortishish imkoni yo‘qligini ta’kidlashgandi. Bunga javoban, qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov paxta narxini bozor iqtisodiyoti qonunlari bo‘yicha xaridorlar va sotuvchilar belgilashini ma’lum qildi.

Paxta xomashyosi narxlaridagi farq tufayli klasterlar 6 trln so‘m zarar ko‘rdi — prezident
18 avgust 2023, 21:43

Paxta xomashyosi narxlaridagi farq tufayli klasterlar 6 trln so‘m zarar ko‘rdi — prezident

2022-yilda paxta xomashyosining ichki va jahon narxlari o‘rtasidagi katta farq tufayli O‘zbekiston klasterlari 6 trln so‘m zarar ko‘rdi, dedi prezident. Davlat rahbari qo‘llab-quvvatlash choralarini ma’lum qildi.

Shuhrat G‘aniyevning yopiq bayonnomasi klaster va fermerlarda savollarni tug‘dirmoqda
7 aprel 2022, 13:58

Shuhrat G‘aniyevning yopiq bayonnomasi klaster va fermerlarda savollarni tug‘dirmoqda

Namangan viloyatining Norin tumanida mahalliy hokimiyat Iftihor Kiyim Sanoat klasterini boshqa bir klaster — Uztex Uchkurgan bilan uch yildan buyon ishlab kelayotgan fermer xo‘jaliklariga biriktirmoqchi bo‘lmoqda. Klasterlarni o‘zgartirish bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev tomonidan imzolangan yig‘ilish yopiq bayonnomasida ko‘zda tutilgan. Uztex 2022 yil uchun fermerlar bilan tuzilgan shartnomalarning bir qismini moliyalashtirgani, biroq viloyat hokimi yon berishni istamaganini ma’lum qildi. Fermerlarning aytishicha, ular joriy klasterdan mamnun. Iftihor Kiyim Sanoat esa «bu yerlarni so‘ramaganliklarini» bildirdi.

Endi paxta klasterlari bilan tuzilgan bitim sud orqali bekor qilinadi
17 noyabr 2021, 17:24

Endi paxta klasterlari bilan tuzilgan bitim sud orqali bekor qilinadi

Prezident farmoni bilan paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati tartibga solinmoqda. Endilikda klasterlar maxsus komissiya xulosasi asosida Hukumat qarori bilan tashkil qilinadi va 30 yilga bitim tuziladi. Tomonlardan biri qarshi bo‘lsa, majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmasa yoki klasterga a’zo fermerlarning 66 foizi murojaat qilsagina bitim bekor qilinadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting