«kitob tumani» tegli maqolalar


24 mart 2022, 14:02

Karmana, Kitob va Shahrisabzda olti yil davomida kanalizatsiya quriladi

Joriy yilda Navoiy viloyatining Karmana, Qashqadaryoning Shahrisabz shahri va Kitob tumanida markaziy oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha olti yillik loyihalar boshlanadi. Ularning umumiy qiymati 119 mln yevroni tashkil etadi, shundan 105 mln yevrosi Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan kredit shaklida taqdim etilgan.

29 noyabr 2021, 10:43

Qashqadaryoda 1,5 mln so‘m pora olgan sport maktabi direktori 5 yilga qamaldi

Kitob tumanidagi 2-Bolalar va o‘smirlar sport maktabi endilikdagi sobiq direktori boshqa bir fuqarodan sport murabbiyi lavozimiga ishga kiritib qo‘yish uchun 1,5 mln so‘m pora olgan vaqtida qo‘lga olingan. Unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

1 iyul 2021, 11:54

Qashqadaryoda velosiped mingan bobo va nabira Nexia-3 urib yuborishi oqibatida vafot etdi

Qashqadaryoning Kitob tumanida Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchisi velosiped haydayotgan bobo va uning nabirasini urib yubordi. Oqibatda jabrlanuvchilarning ikkisi ham olgan jarohatlari sabab kasalxonada vafot etdi.

4 may 2021, 18:08

Kitob tumani mehribonlik uyidagi bolalar Qamashi tumaniga ko‘chirildi

Kitob tumanidagi 5-sonli Mehribonlik uyida bolalar uchun sharoit yomonligi va uning talabga javob bermasligi aniqlangach, 2 may kuni mehribonlik uyidagi 65 nafar tarbiyalanuvchilarining 10 nafari yaqin qarindoshlari oilasiga, 55 nafari Qamashi tumanidagi 4-sonli mehribonlik uyiga ko‘chirildi.

21 aprel 2021, 19:17

Kitobdagi bolalar uyini bir yil avval yopish rejalashtirilgan bo‘lgan

Kitob tumani hokimiyati bolalar yomon sharoitda yashayotgan 5-sonli mehribonlik uyini bir yil avval yopish rejalashtirilganini ma’lum qildi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bolalarni boshqa muassasalarga o‘tkazish va bu yerda bolalar shaharchasini tashkil etishni taklif qilgan.

20 aprel 2021, 09:47

Yomon sharoitdagi Kitob tumani mehribonlik uyi direktori va ombor mudiri vazifasidan ozod etildi

Bolalar yomon sharoitda yashayotgan, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati o‘zgargani va chirigani, beton poldan iborat xonalar zaxligi aniqlangan Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi mehribonlik uyi viloyat ta’lim boshqarmasi tomonidan o‘rganildi. Muassasa direktori va ombor mudiri ishdan olindi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting