Bolalar juda yomon sharoitda yashayotgan Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi mehribonlik uyi xabari bo‘yicha viloyat xalq ta’lim boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, Kitob tumanidagi 5-Mehribonlik uyi 1958 yilda tashkil etilgan.

Mazkur muassasada tibbiyot, stomatologiya, bemorlarni alohidalash xonalarining tagi beton qoplamali ekanligi, bolalarning bo‘sh vaqtini o‘tkazish uchun muassasada yetarli sharoitlar mavjud emasligi, mebellar eskirganligi, sog‘lom ovqatlantirishdagi kamchiliklari, ovqatlanish me’yorlariga amal qilinmaganligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilmaganligi kabi kamchiliklar qayd etildi.

Holat yuzasidan o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan mehribonlik uyi direktori va ombor mudiri Mehnat kodeksining tegishli bandlariga asosan o‘z lavozimlaridan ozod etildi, deyiladi xabarda.