Toshkent viloyatida kuniga 1 mln kub metr oqova suvni tozalash quvvatiga ega inshoot quriladi. Bu orqali 100 mingdan ortiq aholi va 100 dan ortiq korxona markazlashgan oqova suv xizmatidan foydalanadi. Loyiha BAA, Fransiya va Yaponiya kompaniyalari konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladi.
Nurafshon shahrida 57 yoshli ishchi kanalizatsiya qudug‘iga tushib, tozalash ishlarini olib borayotganda gazdan zaharlandi. Uni qutqarish uchun tushgan yana 3 kishi ham hushidan ketgan. Oqibatda 3 kishi voqea joyida vafot etdi. 1 kishi jonlantirish bo‘limida qolmoqda.
Jahon banki O‘zbekiston hukumati so‘roviga ko‘ra, ijtimoiy sohadagi davlat xarajatlari sharhini tayyorladi. Bank uzoq muddatda shifoxonalar infratuzilmasini yaxshilash, ta’limni iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashtirish, ijtimoiy himoya organini yaratish va pensiya yoshini oshirishni tavsiya qildi.
Joriy yilda Navoiy viloyatining Karmana, Qashqadaryoning Shahrisabz shahri va Kitob tumanida markaziy oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha olti yillik loyihalar boshlanadi. Ularning umumiy qiymati 119 mln yevroni tashkil etadi, shundan 105 mln yevrosi Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan kredit shaklida taqdim etilgan.
Buyuk Britaniyaning Metito Utilities Limited kompaniyasi Namangan shahrida oqova suvlarni tozalash inshootlarini qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi. Loyiha qiymati 90 mln dollarga baholanmoqda. obyektdan erkin foydalanish uchun davlat yiliga 9 mln dollar to‘laydi.
Hisob palatasi 2022 yilda energiya resurslari, jumladan, elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv va issiqlik energiyasi, sovuq suv va kanalizatsiya tariflari narxlari oshirilishini ma’lum qildi. Shuni hisobga olgan holda, asosiy iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlari o‘sish sur’atlarini sezilarli darajada pasaytirish yuzasidan tavsiyalar berilgan.
Yanvar-avgust oylarida ichimlik suvi ta’minoti tarmoqlari va kanalizatsiya tizimlariga 2798 ta noqonuniy ulanish holatlari aniqlangan. Mazkur qonunbuzarliklar oqibatida davlat budjetiga jami 8,4 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Toshkent shahrida suv ta’minoti tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda qarzdorlik tufayli tarmoqdan uzilish holatlarining 90 foizi yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Yangihayot, Sergeli va Bektemir tumanlarida chiqindi suvlarni tozalash uchun prezident yangi oqava suv tozalash inshootini qurishni taklif qildi. Ushbu hududlarda yashovchilar bir necha oydan beri yoqimsiz hiddan shikoyat qilmoqdalar.
24 yanvardan boshlab Toshkentda ichimlik suvi va oqova suvi xizmati uchun uchun yangi tariflar amal qiladi. Ichimlik suvi uchun tariflar dekabrdagi rejadan pastroq miqdorga oshirilgan.
Kanalizatsiya tizimiga chiqarilgan chiqindilar hajmi yil sayin ortib bormoqda, deb xabar beradi «O‘zsuvtaminot» kompaniyasi. Shu sababli kollektor blokirovkalari va kanalizatsiya tizimidagi baxtsiz hodisalar tez-tez uchramoqda. Toshkentning oqava suvlarida oziq-ovqat qoldiqlari, butilkalar, kiyim-kechaklar, tagliklar va hattoki sanoat chiqindilari topiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting