«Toshkent shahar suv ta’minoti» MCHJ 24 yanvardan poytaxt bo‘yicha yangi tariflar joriy qilinishini ma’lum qildi.

Bunga Halq Deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2020 yil 30 dekabrdagi qarori va Toshkent shahar hokimi mahkamasi Moliya bosh boshqarmasida tasdiqlangan 07 yanvardagi deklaratsiya asos bo‘lgan.

Yangi tariflarga ko‘ra, ichimlik suvi:

  • aholi uchun — I guruh (jismoniy shaxslar) — 1 m3 — 400 so‘m;
  • byudjet tashkilotlari uchun — II guruh — 1m3 — 400 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilar uchun — II guruh — 1m3 — 400 so‘m;
  • tijorat iste’molchilari uchun — III guruh — 1 m3 — 1000 so‘m.

Oqova suvi xizmati uchun:

  • aholi uchun — 1 guruh (jismoniy shaxslar) — 1 m3 — 350 so‘m;
  • byudjet tashkilotlari uchun — II guruh — 1m3 — 350 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilar uchun — II guruh — 1m3 — 350 so‘m;
  • tijorat iste’molchilari uchun — III guruh — 1 m3 — 820 so‘m.

Dekabr oyida Toshkent shahar hokimligi tomonidan muhokamaga qo‘yilgan qaror loyihasida aholi, byudjet va ulgurji iste’molchilar uchun ichimlik suvining 1 metr kubi uchun narxini 500 so‘mga, tijorat tashkilotlari uchun 1500 so‘mga ko‘tarish taklif etilgan edi. Muhokamalardan so‘ng, narxlar kamroq summaga oshirilgan.

Shuningdek, kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflar narxlari esa loyihada ko‘rsatilganidek oshirildi.