Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonning to‘rtta o‘rta shaharlarida turmush sharoitini yaxshilash va iqtisodiy raqobatbardoshlikni oshirish uchun 59 million AQSh dollar miqdorida qarz va 500 ming AQSh dollar miqdorida grant ajratilishini ma’qulladi, deya xabar bermoqda bank matbuot xizmati.

OTBning Shaharlarni kompleks rivojlantirish loyihasi doirasida COVID-19 pandemiyasi va iqlim o‘zgarishi oldida himoyalanmanganlik tufayli o‘sishi orqada qolgan Jizzax, Xovos, Xiva va Yangiyer shaharlarida infratuzilma va xizmatlarga strategik investitsiyalar qo‘llab-quvvatlanadi.

Loyiha yashil, hamjamiyatlarga yo‘naltirilgan infratuzilmani, ya’ni Xovosda ko‘p funksiyali jamoatchilik markazini o‘z ichiga olgan va umumiy yashil yo‘lakchaga ega bo‘lgan yangi jamoat bog‘i, xamda Xivada Ipak yo‘li mavzuida O‘zbekistondagi birinchi raqamli muzey joylashgan ikki qavatli tashrif buyuruvchilar markazini barpo etishni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, loyiha Jizzaxda ekologik xavfsiz suvni tejovchi texnologiyalar qo‘llanilgan suv tarmoqlarini rivojlantirish va barcha to‘rtta shaharda qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

«Shaharlarning kompleks va iqlimga chidamli tarzda rivojlanishi u yerda yashovchi aholining hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilash orqali o‘rta shaharlarning iqtisodiy raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. OTB loyihasi ushbu shaharlarning oldingidan qo‘ra yaxshiroq darajagacha va tezroq tiklanishiga yordam berish uchun innovatsion yechimlarni qo‘llaydi va institutsional salohiyatni kuchaytiradi», — dedi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov.

OTB shuningdek, to‘rtta shaharda barqarorlik va samaradorlikni oshirish va xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilash uchun salohiyatni rivojlantirish dasturini taqdim etadi. Bank raqamli muzey tashkil etish uchun Yuqori texnologiyalar jamg‘armasi tomonidan birgalikda moliyalashtirish asosida taqdim etilayotgan 500 ming dollar miqdoridagi grantni boshqaradi.