Senatorlar “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi. Zo‘ravonlik shakllariga g‘amxo‘rlik qilmaslik, ekspluatatsiya va bullingni ham kiritish, shuningdek, bolalarni himoyalash tartibini joriy etish va tarbiya jarayonida jismoniy jazolashni taqiqlash taklif etilmoqda.
Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya tizimi qayta ko‘rib chiqiladi. Har yili 50 ta mahalla tanlab olinib, kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi. Shuningdek, bu hokim yordamchilarining asosiy vazifasiga aylanadi. Ehtiyojmandlarni ishga olgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi.
Davlat tomonidan bir qator ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ijtimoiy karta orqali amalga oshiriladi. 2025-yil 1-apreldan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxs, talaba yoki urush qatnashchisining holatini tasdiqlash aynan shu karta orqali bo‘ladi, tegishli guvohnomalarning qog‘oz shakli bekor qilinadi.
Prezident ijtimoiy himoya sohasiga oid chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. Takliflar orasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning xavfsiz harakatlanishi uchun sharoitlarni kengaytirish, jumladan, binolarni ekspertizadan o‘tkazish, chorrahalarni moslashtirib borish, elektron interaktiv xarita yaratish mavjud.
Prezident ijtimoiy himoya tizimi bilan 250 ta xizmat qamrab olingan bo‘lsa-da, mahalladagi aholi ularning yarmidan ham xabardor emasligini ta’kidladi. Nogironligi bor farzandini parvarishlash nafaqasini olishi mumkin bo‘lgan 33 ming ota-ona ushbu imtiyozdan foydalangani yo‘q.
O‘zbekiston 2023-yilda ijtimoiy va dunyoviy davlat maqomini oldi, bolalar va ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha ilg‘or qonunni qabul qildi, svetoforlar o‘rnatish va jamoat transportini rivojlantirishga kirishib, shaharlarni insoniylashtirishni boshladi. Yilning boshqa voqealari — “Gazeta.uz” sharhida.
Prezident farmoni bilan “mahalla yettiligi” (sobiq “beshlik”) har bir a’zosining vazifalari belgilab berildi. Ularning faoliyati asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bo‘yicha baholanadi. Hukumatda “yettilik”ni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tashkil etiladi.
O‘zbekistonda o‘z missiyasini yakunlagan YUNISEF rahbari Munir Mamedzade ijtimoiy faoliyatning ahamiyati va nima uchun ijtimoiy himoya sohasidan tezkor natijalarni talab qilib bo‘lmasligi haqida gapirdi. Shuningdek, u bolalarning bilim olish qobiliyati ular uchun mos muhit yaratishga bog‘liqligini ta’kidladi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 15-oktabrdan parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bir yilda kamida bir marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shuningdek, muhtoj aholi murojaatlarini ko‘rib chiqadigan “ishonch telefoni” ishga tushiriladi.
Prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi. U fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini ta’minlash va ijtimoiy xizmatlar sifatini tubdan oshirish maqsadida yaratildi. Bandlik vazirligi, SSV, IIV, MMTV va boshqa tuzilmalarning tegishli bo‘limlari agentlikka o‘tdi. Tafsilotlar.
1941−1945 yillardagi urush faxriylari, shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bepul oziq-ovqat o‘rniga oyiga BHMning 1 baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov oladi.
Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga bir martalik moddiy yordam to‘lash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Yordam ikki hafta ichida berilishi kerak.
Hukumat qarori bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga haydovchilikka tayyorlash kurslarining xarajatlari kompensatsiya qilinadi. Bunda kompensatsiya miqdori BHMning 4 baravarigacha bo‘lishi mumkin. Shuningdek, safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi xizmatni o‘tash badali ham qoplab beriladi.
Hukumat qarori bilan, 2022 yil 1 avgustgacha tajriba tariqasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha mahalliy hokimliklarning kafilliklari beriladi. Kafillik berilganligi uchun hokimliklar tomonidan to‘lov undirilmaydi.
COVID-19 pandemiyasi O‘zbekistonda mavjud ijtimoiy himoya tizimini sinovdan o‘tkazuvchi vosita bo‘ldi. Ushbu inqiroz sohada izchil islohotlarni o‘tkazish lozimligini ko‘rsatdi. Aholining zaif qatlamlarini samarali qo‘llab-quvvatlash uchun ushbu sohada qanday muhim islohotlarni amalga oshirish zarur?
Prezident farmoyishi bilan 2021−2030 yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi tasdiqlandi. Hujjatga ko‘ra, ijtimoiy nafaqa olish jarayonini soddalashtirish rejalashtirilgan. 2030 yilda davlat byudjetining ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgan xarajatlari YAIMga nisbatan 1,5%ga yetkaziladi. Ijtimoiy himoya sohasida yagona mas’ul organ tuziladi.
«Temir daftarga» kiritilgan aholining muhtoj guruhlari davlat tomonidan mahallalar orqali moddiy yordam olishmoqda. Sub’ektiv yondashuv va korrupsiogen (korrupsiyani keltirib chiqaruvchi) omillarning oldini olgan holda ijtimoiy yordam sifatini qanday yaxshilash mumkin — Dilmurod Yusupov maqolasida.
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi nisbatan yaxshi tashkillashtirilgan bo‘lsada, aholining deyarli yarmi va kam ta’minlangan oilalarning uchdan bir qismi ijtimoiy himoya dasturlari bilan qamrab olinmagan. Bu haqda mamlakatdagi ijtimoiy himoya tizimini baholash bo‘yicha hisobotda aytiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting