Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ularga o‘zlarining yashash manziliga yaqin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan yordam ko‘rsatib borish belgilandi.
Dzyudo bo‘yicha 2024-yilgi Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligining gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakili lavozimiga tayinlandi.
Senatorlar “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi. Zo‘ravonlik shakllariga g‘amxo‘rlik qilmaslik, ekspluatatsiya va bullingni ham kiritish, shuningdek, bolalarni himoyalash tartibini joriy etish va tarbiya jarayonida jismoniy jazolashni taqiqlash taklif etilmoqda.
Prezident topshirig‘iga asosan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb qilish maqsadida shu yo‘nalishdagi federatsiyalarni o‘z ichiga olgan Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashkil etildi. IHMA direktorining o‘rinbosarlari tashkilot tuzilmalaridagi mas’ul lavozimlarga saylandi.
Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya masalasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi zimmasiga yuklanadi, dedi prezident. Hozir kambag‘allik masalalari bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi shug‘ullanadi, oldin bunga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi javob bergan.
O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi va AQSh Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazini tashkil etdi. U aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy xodimlarni tayyorlash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadi.
Jahon banki O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini himoyalashga qaratilgan “Inson” loyihasi uchun 100 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratdi. Loyiha, jumladan, 50 mingdan ortiq aholiga sifatli ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.
Toshkentda o‘gay onasining qiynoq va zulmlari sabab uyidan chiqib ketgan voyaga yetmagan bola ijtimoiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Bola qarovsiz qolishi natijasida uning ta’lim olishi va tarbiyasi izdan chiqib ketgan, deb yozdi IHMA.
Mahallalarda zo‘ravonlikka uchragan ayollarga ijtimoiy yordam berilmayapti, deyiladi prezident bilan uchrashuvda. Buni o‘zgartirish rejalashtirilmoqda. “Inson” markazlari tomonidan tuman miqyosida yordam ko‘rsatiladi. Zo‘ravonlikka qarshi kurash ta’lim va mehnat munosabatlari sohalarida ham ko‘rib chiqiladi.
1−2-may kunlari “O‘zekspomarkaz”da imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda mebel, to‘qimachilik, poyabzal, maishiy texnika va oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etiladi.
IHMA gaz va elektr energiyasi tariflari oshirilishi munosabati bilan 1,5 millionga yaqin muhtoj oilalarga qanday yordam ko‘rsatilishini tushuntirdi. Kambag‘allik chegarasi, pensiya va nafaqa miqdorini oshirish, isitish mavsumida 270 ming so‘m miqdorida bir martalik kompensatsiya to‘lash ko‘zda tutilgan.
USAID O‘zbekistonda 5 yilga mo‘ljallangan “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini boshladi. 25 mln dollarlik loyiha dastlab Namangan va Sirdaryo viloyatlarida tajriba tariqasida amalga oshiriladi. Dastur maktab ta’limi, o‘quv materiallari va o‘qituvchilar malakasini inklyuzivlashtirishga xizmat qiladi.
Tashqi ishlar vazirligi sobiq Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi binosiga ko‘chdi. TIV binosida esa yangi tashkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi joylashadi.
Shavkat Mirziyoyevning 1-iyundagi farmoni bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgandi. Agentlikning 14 ta hududiy boshqarmasiga boshliqlar tayinlandi. Ro‘yxat.
Prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi. U fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini ta’minlash va ijtimoiy xizmatlar sifatini tubdan oshirish maqsadida yaratildi. Bandlik vazirligi, SSV, IIV, MMTV va boshqa tuzilmalarning tegishli bo‘limlari agentlikka o‘tdi. Tafsilotlar.
XMT, YUNISEF va Jahon banki O‘zbekistonda Ijtimoiy himoya agentligi tashkil etilganini olqishladi. Bayonotda bu ijtimoiy himoyadagi tarqoqlik va kamchiliklarni bartaraf etishiga ishonch bildirilgan. Mutaxassislar va xalqaro tashkilotlar ko‘p yillardan buyon shunday agentlikni tashkil etishni talab qilib kelayotgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting