«haydovchilar» tegli maqolalar


Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasini litsenziyalash IIVga o‘tkazilmoqda
28 dekabr 2022, 22:39

Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasini litsenziyalash IIVga o‘tkazilmoqda

Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasini litsenziyalash Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan Ichki ishlar vazirligiga o‘tkazilmoqda. Shuningdek, ushbu litsenziya uchun to‘lanadigan davlat boji BHMning 10 baravari miqdorida belgilanmoqda.

Qoidabuzar haydovchilarga jarima ballarini yozish tizimi qanday ishlaydi?
8 dekabr 2022, 15:50

Qoidabuzar haydovchilarga jarima ballarini yozish tizimi qanday ishlaydi?

1 dekabrdan yo‘llarda qoidabuzarlik uchun jarima ballarni hisoblash test rejimida boshlandi. Xo‘sh, jarima ballarini kuzatib borsa bo‘ladimi? Qoida buzmagan haydovchilar rag‘batlantiriladimi? Jarimalar 12 balldan oshsa nima bo‘ladi? Shu va boshqa savollarga «Gazeta.uz» bilan suhbatda YHXX boshlig‘i javob berdi.

Jarima ballarini hisoblash tizimi 1-dekabrdan boshlab test rejimida ishga tushiriladi — YHXX
29 noyabr 2022, 15:01

Jarima ballarini hisoblash tizimi 1-dekabrdan boshlab test rejimida ishga tushiriladi — YHXX

1-dekabrdan haydovchilar qoidabuzarligi uchun jarima ballarni hisoblash test rejimida ishga tushiriladi. Test rejimi vaqtida aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha ballar hisobga olinmaydi.

Eslatma: 1-dekabrdan haydovchilar qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash boshlanadi
24 noyabr 2022, 15:19 1

Eslatma: 1-dekabrdan haydovchilar qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash boshlanadi

Prezident qaroriga ko‘ra, 1 dekabrdan haydovchilar qoidabuzarligi uchun jarima ballarni hisoblash boshlanadi. Haydovchi tezlikni oshirsa 1 ball, qizil chiroqda o‘tsa 3 ball jarima yoziladi. Bir yilda qoidabuzarliklari 12 balldan oshgan haydovchi ma’lum muddatga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo‘ladi.

1 dekabrdan haydovchilar qoidabuzarligi uchun jarima ballarni hisoblash boshlanadi
5 aprel 2022, 09:17

1 dekabrdan haydovchilar qoidabuzarligi uchun jarima ballarni hisoblash boshlanadi

Prezident qaroriga muvofiq, 1 dekabrdan haydovchilar qoidabuzarligi uchun jarima ballarni hisoblash boshlanadi. Unga ko‘ra, bir yilda qoidabuzarliklari 12 balldan oshgan haydovchi ma’lum muddatga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo‘ladi. Qoida buzmagan haydovchilarga esa bonus ballari beriladi.

Yo‘l harakati qoidalari yangidan ishlab chiqiladi
11 fevral 2022, 13:06

Yo‘l harakati qoidalari yangidan ishlab chiqiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘l harakati qoidalari xalqaro standartlar asosida yangidan ishlab chiqilishini ma’lum qildi. Qoidabuzar haydovchilarga ball hisoblab boriladi, bir yilda qoidabuzarliklari 12 balldan oshgan haydovchi avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo‘ladi. «Har yili 500 ming kishi haydovchilik guvohnomasini olsa, ulardan 25 foizi mashg‘ulotlarga qatnashmaydi» dedi prezident va haydovchilikka o‘qitish va guvohnoma berish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishini ta’kidladi.

Yo‘l harakati qoidalarini muntazam qasddan buzadigan haydovchilarga nisbatan javobgarlik kuchaytiriladi
2 dekabr 2021, 23:50

Yo‘l harakati qoidalarini muntazam qasddan buzadigan haydovchilarga nisbatan javobgarlik kuchaytiriladi

Yo‘l harakati qoidalarini muntazam qasddan buzadigan haydovchilarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish, jumladan, transport vositasini boshqarish huquqidan uzoq muddatga mahrum qilish tarzidagi chora joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, «yo‘lda bezorilik» sodir etgan haydovchilar uchun ma’muriy javobgarlik o‘rnatiladi.

ID kartasi bor haydovchilar YPX xodimlariga ayrim hujjatlarni taqdim etmasligi mumkin
19 may 2021, 10:57

ID kartasi bor haydovchilar YPX xodimlariga ayrim hujjatlarni taqdim etmasligi mumkin

1 sentyabrdan boshlab ID kartalari bor haydovchilar yo‘l patrul xizmati inspektoriga notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma, texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot hamda «tonirovka» uchun ruxsatnomani shaxsan taqdim etishi shart bo‘lmaydi. 19 maydan boshlab ID karta yordamida tekshirish amaliyoti Toshkent shahrida sinov tariqasida joriy etildi.

Maxsus transport vositalarini o‘tkazib yuborgan haydovchilar jarimaga tortilmaydi
22 iyul 2020, 14:00

Maxsus transport vositalarini o‘tkazib yuborgan haydovchilar jarimaga tortilmaydi

Maxsus transport vositalariga yo‘l berish uchun yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilar ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi. Prezident Ma’muriy javobgarlik kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting