O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini muntazam ravishda qasddan buzuvchi shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish rejalashtirilmoqda. Bu boradagi choralar prezident Shavkat Mirziyoyevning 30 noyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan 2022−2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasidan o‘rin olgan.

Unga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini muntazam ravishda qasddan buzuvchilarga, og‘ir oqibatlarga olib kelgan yo‘l-transport hodisalarini sodir etganlarga nisbatan javobgarlik choralarini kuchaytirish, shu jumladan transport vositasini boshqarish huquqidan uzoq muddatga mahrum qilish tarzidagi jinoiy-huquqiy ta’sir chorasi joriy qilinadi.

Bundan tashqari, ilg‘or xorijiy tajribaga tayangan holda yo‘l harakatini tashkil etishda vakolatli davlat organlari va jamoat tuzilmalarining faoliyatini va o‘zaro hamkorligini «Ravon yo‘l» tamoyili asosida tashkil etish, muvofiqlashtirish hamda ularning vakolatlari doirasini aniq belgilashni nazarda tutgan holda, ushbu sohadagi munosabatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonun normalari bilan tartibga solish, «Yo‘l — piyoda uchun» tamoyilini keng joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Strategiyada piyodalarning yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortishning huquqiy mexanizmlari takomillashtirilish ham ko‘zda tutilgan. Qolaversa, qoniqarsiz holati YTHga, ayniqsa o‘limga olib kelgan yo‘l yoki muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari tasarrufida bo‘lgan tashkilotlar yoki organ rahbarlaridan moddiy zararni undirish tartibi joriy etilib, ularning javobgarligi belgilanadi.

Shuningdek, transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etiladigan «yo‘lda bezorilik» holatlari bilan ifodalanadigan xatti-harakatlar uchun ma’muriy javobgarlikni joriy etish belgilangan.

Bundan tashqari:

  • transport va piyodalarning harakatni to‘xtatishi va boshlashi to‘g‘risida ogohlantirishning zamonaviy signal beruvchi тизимлариni joriy etish, piyodalar uchun yangi turdagi o‘tish жойлариni tashkil etish;
  • shahar va tumanlarning aholi gavjum joylarida piyodalar yo‘laklariga piyodalar boshqaradigan svetoforlar o‘rnatish;
  • yirik bozorlar atrofida ushbu bozorlar daromadlari hisobidan ko‘p qavatli yoki yer osti avtoturargohlari qurilishini tashkil etish;
  • Umumta’lim muassasalarida «Harakat xavfsizligi sinfxonalari», mahallalarda «Yo‘l harakatini o‘rganish maydonchalari»ni tashkil etish;
  • Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga yo‘l harakati xavfsizligi asoslarini o‘qitish tizimini joriy etib, yo‘llarda, chorrahalarda va piyodalar o‘tish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy hamda ko‘rgazmali tarzda o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish;
  • Jamoat va maxsus transport uchun alohida harakatlanish yo‘l polosasi va zamonaviy velosiped yo‘lkalarini tashkil etish;
  • Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, YTHlarning oldini olish, tirbandliklarni masofadan turib bartaraf etish maqsadida yo‘llardagi barcha svetoforlarning axborot boshqaruvi tizimiga улаniшиni ta’minlash, sohaga intellektual tizimlarni joriy etish belgilangan.

Avvalroq prezidentning yuqoridagi farmoni asosida tasdiqlangan O‘zbekiston jamoat xavfsizligi konsepsiyasida transport infratuzilmasini, transport vositalarining xavfsizlik standartlarini va yo‘l harakati qoidalarini takomillashtirish orqali yo‘l-transport hodisalari oqibatida yetkaziladigan zarar va o‘lim bilan bog‘liq holatlarning oldini olish belgilangani haqida yozgan edik.