21 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat 1 may kuni Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va Senat tomonidan 19 iyun kuni ma’qullangan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 17−1 moddasi quyidagi tarkibiy qism bilan to‘ldirildi:

«Maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalar tomonidan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalariga yo‘l bergan transport vositalarining haydovchilari tomonidan ko‘k yoki qizil yoki ko‘k va qizil ranglar va maxsus ovozli signallarning bemalol o‘tishini ta’minlash uchun transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklarlik foto va video yozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalar orqali o‘rnatilganda, haydovchilarning ma’muriy huquqbuzarligi o‘ta zarur holat deb topiladi va ma’muriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi».

Natijada, agar o‘t o‘chirish, tez yordam va boshqa ixtisoslashtirilgan xizmatlarga yo‘l berayotib haydovchilar yo‘l harakati qoidalarini buzgan bo‘lsa, ular javobgarlikka tortilmaydi.

Senat raisi Tanzila Narbayeva iyun oyida ta’kidlaganidek, so‘nggi ikki yil ichida shoshilinch yordamning o‘z vaqtida kelmasligi natijasida 48 mingdan ortiq inson vafot etgan. So‘nggi uch yil ichida haydovchilarning 700 dan ortiq holatlarda maxsus transport vositalariga yo‘l bermaslik holatlari qayd etilgan.