«havo ifloslanishi» tegli maqolalar


Toshkent yirik shaharlar havo ifloslanishi reytingida 4-o‘rinda qayd etildi
11 sentabr 2023, 09:41

Toshkent yirik shaharlar havo ifloslanishi reytingida 4-o‘rinda qayd etildi

Tonggi soat 8 da Toshkent IQAir`ning dunyoning yirik shaharlari bo‘yicha havo ifloslanish darajasi reytingida 4-o‘rinni egalladi. Poytaxt havosi ta’sirchan odamlar guruhi uchun bir muddat zararli bo‘lib qoldi.

Toshkent havosidan nafas olsa bo‘ladimi?
6 iyul 2023, 12:03

Toshkent havosidan nafas olsa bo‘ladimi?

3-iyul kuni erta tongda havo ifloslanishi bo‘yicha Toshkent yana dunyoda yetakchilardan biri bo‘ldi. 6-iyulga o‘tar kechasi esa shaharni tutun va kuyindi hidi qamrab oldi, havo sifati yana “zararli” darajaga chiqdi. Toshkent hokimligi va O‘zbekiston hukumati namoyishkorona sukut saqlamoqda.

O‘zbekiston aholisi havoning yuqori darajada ifloslanishidan ogohlantiriladi
2 iyun 2023, 17:28

O‘zbekiston aholisi havoning yuqori darajada ifloslanishidan ogohlantiriladi

O‘zbekistonda 2025-yil oxirigacha havoning yuqori darajada ifloslanishidan aholini erta ogohlantirish tizimi paydo bo‘ladi. Buning uchun hududlarda atmosfera havosining ifloslanishini nazorat qiluvchi avtomatlashtirilgan stansiyalar o‘rnatiladi, korxonalardan tozalash uskunalarini o‘rnatish talab etiladi.

Barcha shaharlarda havo ifloslanishini nazorat qiluvchi avtomatlashtirilgan stansiyalar o‘rnatiladi
6 aprel 2023, 21:11

Barcha shaharlarda havo ifloslanishini nazorat qiluvchi avtomatlashtirilgan stansiyalar o‘rnatiladi

O‘zbekistonning har bir tuman va shahrida havo ifloslanishini nazorat qiluvchi kichik avtomatlashtirilgan stansiyalar o‘rnatiladi. Ularning ma’lumotlari asosida hududlarning havo tozaligi reytingi shakllantirilib, mansabdor shaxslar ishiga baho berib boriladi, deya ma’lum qilindi prezident bilan uchrashuvda.

Tabiat resurslari vazirligi: Toshkentdagi havo sifati salomatlik uchun xavfli emas
15 fevral 2023, 11:10

Tabiat resurslari vazirligi: Toshkentdagi havo sifati salomatlik uchun xavfli emas

«Toshkent shahridagi havoning ifloslanish darajasi inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi», — dedi Tabiat resurslari vazirligi vakili. Havo sifati yomonligi toshkentliklar salomatligiga bir yilda 503 dona sigaret chekilgandek ta’sir qilishi haqida xabar e’lon qilinganidan so‘ng tadqiqot o‘tkazilgan.

Toshkentdagi havo sifati aholi salomatligiga yiliga 503 ta sigaret chekilgandek ta’sir qiladi
9 fevral 2023, 18:43

Toshkentdagi havo sifati aholi salomatligiga yiliga 503 ta sigaret chekilgandek ta’sir qiladi

Havo sifatining yomonligi toshkentliklar salomatligiga bir yilda 503 dona sigaret chekilgandek ta’sir qiladi. Toshkent dunyoning ifloslangan havosi salomatlikka eng ko‘p ta’sir ko‘rsatadigan 20 ta yirik shaharlar orasida Jakarta va Olmaota o‘rtasida 16-o‘rinni egalladi.

Toshkentda havo sifati yaxshilandi
18 oktabr 2022, 20:37

Toshkentda havo sifati yaxshilandi

Seshanba kuni tushdan keyin Toshkentda havo sifati yaxshilandi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

O‘zgidromet havo ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi
17 oktabr 2022, 21:31

O‘zgidromet havo ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Ko‘chalarda tirbandlik, katta qurilishlar, daraxtlarni kesish, magistral yo‘llar va maysazorlarga keng ko‘lamda suv sepilmasligi, shahardagi atmosfera bo‘shlig‘ining past shamollatilishi havoning yuqori darajada ifloslanishiga olib keladi. O‘zgidromet vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting