Toshkentdagi yomon havo bir yilda chekilgan 503 ta sigaret kabi aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, deya xabar beradi House Fresh xalqaro jamoatchilik loyihasi havo sifati bo‘yicha o‘z tadqiqotida.

Eng yomon havo sifatiga ega shaharlarning aksariyati Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo va Afrikaning rivojlanayotgan mamlakatlarida joylashgan. Shu tarzda bilvosita «chekilgan» sigaretlarning eng ko‘p soni Bangladesh poytaxti Dakka aholisiga to‘g‘ri keladi — 1176 ta.

тошкент havoси, чекиш, havo ifloslanishi

Butun dunyodagi odamlar sifatsiz havodan nafas olish orqali bilvosita «chekayotgan» sigaretalar sonini aniqlash uchun HouseFresh butun dunyo shaharlaridagi PM2,5 — o‘lchami 0,001 dan 2,5 mikrometrgacha bo‘lgan zarrachalarning o‘rtacha kontsentratsiyasi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, ularni salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha yiliga passiv chekiladigan sigareta ekvivalent soniga aylantirishdi.

Buning uchun Berkeley Earth formulasidan foydalanildi. Formulada PM2,5 zarralari ta’sirini chekilgan sigaretalar bilan solishtiradigan asosiy qoida tasvirlangan: kuniga bir sigaret PM2,5 ning 22 mkg/m3 darajasining taxminiy ekvivalenti hisoblanadi. Tadqiqotda qayd etilishicha, Tobacco Control jurnali tomonidan o‘tkazilgan tajriba tamaki tutuni havoni dizel avtomobillari chiqindisidan o‘n barobar ko‘proq ifloslantirishini ko‘rsatdi.

Toshkent havo sifati eng yomon bo‘lgan dunyodagi yigirmata yirik shaharlardan biri hisoblanib, Indoneziya poytaxti Jakarta va Qozog‘istonning Olmaota shaharlari o‘rtasida 16-o‘rinda joylashdi.

тошкент havoси, чекиш, havo ifloslanishi

Toshkent vaqti-vaqti bilan, ayniqsa quruq davrlarda IQAir reytingida havo ifloslanishi bo‘yicha jahonda yetakchi bo‘lib kelmoqda. Buning sabablari sifatida ko‘chalarning transport bilan tirbandligi, yirik qurilish loyihalari, daraxtlarning kesilishi, ko‘chalarni sug‘orishning keng yo‘lga qo‘yilmagani, shuningdek, poytaxt atmosfera fazosining kam shamollatilishi kabilar keltirilgan. O‘zgidromet shahar hokimiyatiga ko‘chalarni sug‘orish va tozalash, qurilish maydonchalarida changni kamaytirish choralarini ko‘rish, chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirishga e’tiborni kuchaytirishni tavsiya qildi.