«gaz ta’minoti» tegli maqolalar


Ayrim hududlarga elektr energiya navbatma-navbat yetkazib beriladi, gazda ham uzilishlar kuzatilmoqda
26 yanvar 2022, 09:41

Ayrim hududlarga elektr energiya navbatma-navbat yetkazib beriladi, gazda ham uzilishlar kuzatilmoqda

Energetika vazirligi respublikaning ayrim hududlarida elektr energiya ta’minoti navbatma-navbat yetkazib berilishini ma’lum qildi. Bunga 64 ta gaz konining ishi vaqtincha to‘xtatilib, IESlarda ishlab chiqarish hajmi qisqarishi sabab bo‘lgan. Qolaversa, Farg‘ona vodiysi, Surxondaryo va Toshkent viloyati hamda poytaxtning ayrim joylarida gaz pasaygan yoki umuman o‘chgan.

«Sudga berish kerak». Ruslanbek Davletov — elektr energiyadagi uzilishlar sabab tadbirkorlar zarar ko‘rayotgani haqida
13 noyabr 2021, 18:49

«Sudga berish kerak». Ruslanbek Davletov — elektr energiyadagi uzilishlar sabab tadbirkorlar zarar ko‘rayotgani haqida

Adliya vaziri gaz va elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab tadbirkorlar zarar ko‘rayotgani borasida fikr bildirar ekan, shartnoma shartini bajarmagani uchun ta’minotchi korxonalar ustidan sudga murojaat qilish kerakligini aytdi. «Shu yo‘l bilan hammasini tartibga solsa bo‘ladi. Mas’uliyati albatta oshadi, to‘lab ko‘rsin zararni keyin biladi qanaqa hal qilishini», — dedi Ruslanbek Davletov.

Ogohlantirishsiz gaz o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi — «Hududgazta’minot»
29 sentabr 2021, 13:51

Ogohlantirishsiz gaz o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi — «Hududgazta’minot»

«Hududgazta’minot» endilikda ogohlantirishsiz gaz o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmasligini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, hozirda xonadonlarga 2 mln ga yaqin elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatilgan va qarzdorlik haqida SMS-xabarnoma yuborilib, iste’molchiga 5 kun muddat beriladi.

«To‘lovni kechiktirgan fuqaro jarima to‘laydi, lekin ogohlantirishsiz elektr ta’minotini uzgan ta’minotchiga chora ko‘rilmaydi» — deputat
8 iyul 2021, 16:01

«To‘lovni kechiktirgan fuqaro jarima to‘laydi, lekin ogohlantirishsiz elektr ta’minotini uzgan ta’minotchiga chora ko‘rilmaydi» — deputat

Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova barcha kommunal xizmatlar uchun aholi va ta’minotchi o‘rtasida tuziladigan shartnomalar qayta ko‘rib chiqilishi kerakligini ta’kidladi. «Elektr ta’minoti uchun to‘lovni 5 kunga kechiktirgan fuqaro jarima to‘laydi yoki ta’minotdan uzib qo‘yiladi. Lekin hech qanday ogohlantirishsiz elektr ta’minoti to‘xtatilsa yoki kuchlanish ortib ketgani sababli xonadonlardagi elektr asboblar ishdan chiqsa, ta’minotchiga chora ko‘rishning imkoni yo‘q», — dedi u.

Toshkentning Yashnobod va Sergeli tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
17 mart 2021, 10:25

Toshkentning Yashnobod va Sergeli tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Gaz tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan 17 mart kuni Toshkentning Yashnobod va Sergeli tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Toshkent va Romitan tumanlarida 2,7 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlangani aniqlandi
26 yanvar 2021, 13:51

Toshkent va Romitan tumanlarida 2,7 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlangani aniqlandi

Bosh prokuratura departamenti Toshkent va Romitan tumanlarida tadbirkorlar 2,7 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlanganini aniqladi. Ular sarflagan miqdor qish mavsumida 200 tagacha xonadonni uzluksiz gaz bilan ta’minlashga yetishi ma’lum bo‘ldi. Ishbilarmonlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting