Toshkentning Yashnobod va Sergeli tumanlarining gaz tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli 17 mart kuni ayrim manzilgohlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Gazeta.uz Telegram-kanali Hududgaz Poytaxt gaz ta’minoti filiali matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Yashnobod tumanida soat 10:00 — 16:00 vaqt oralig‘ida:

  • «Tabibiy» 3 va 4-tor ko‘chasidagi jami — 40 ta yerli aholi xonadonlari;

Sergeli tumanida soat 10:00 — 16:00 vaqt oralig‘ida:

  • «Daryo bo‘yi» MFYdagi 10 ta ko‘p qavatli uylarning — 532 ta aholi va — 596 ta yerli xonadonlari hamda 115 ta ulgurji iste’molchilari tabiiy gaz ta’minotidan vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.