«fhdyo» tegli maqolalar


FHDYdan o‘tmagan shaxslarga nikoh o‘qish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi
1 noyabr 2023, 13:08

FHDYdan o‘tmagan shaxslarga nikoh o‘qish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endi nikohi FHDYda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga doir diniy marosim o‘tkazish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Shuningdek, milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab kamsitish ham shunday javobgarlikni keltirib chiqaradi.

1-iyundan nimalar o‘zgaradi?
31 may 2023, 12:20

1-iyundan nimalar o‘zgaradi?

Tadbirkorlar kunu tun savdo qilishiga ruxsat beriladi, endi chaqaloqlarning guvohnomalari FHDYOdan emas, balki tug‘ruqxonani o‘zidan olinadi, “To‘maris izdoshlari” guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, qishda talafot ko‘rgan tadbirkorlarga berilgan kredit ta’tillari tugaydi — 1-iyundan nimalar o‘zgaradi?

Sirdaryoda nikohdan o‘tish va ajrashish uchun arizalarni DXM orqali topshirish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi
29 sentabr 2022, 11:54

Sirdaryoda nikohdan o‘tish va ajrashish uchun arizalarni DXM orqali topshirish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi

Hukumat qarori bilan 1 noyabrdan 1 iyulgacha nikoh tuzish va ajratishni qayd etish uchun arizalarni DXM orqali qabul qilish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi. Shuningdek, tug‘ilganlikni shifoxona orqali FHDYO bo‘limlarida qayd etish tartibi 1 yanvardan Toshkentda, 1 iyundan esa butun respublika hududida joriy etiladi.

Notariuslarga nikohni qayd etish huquqi berilishi mumkin — adliya vaziri
20 iyul 2022, 16:54

Notariuslarga nikohni qayd etish huquqi berilishi mumkin — adliya vaziri

Adliya vazirligi notariuslarga ham nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish huquqini berish tashabbusi bilan chiqishni rejalashtirmoqda. Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning ishontirishicha, «notariuslar ikki tomonning xohish-irodasini tasdiqlab, shahodatlay oladi».

Nikoh tuzish va ajrimlar bo‘yicha arizalarni DXMlar orqali qabul qilish taklif etilmoqda
18 iyun 2022, 14:09

Nikoh tuzish va ajrimlar bo‘yicha arizalarni DXMlar orqali qabul qilish taklif etilmoqda

Adliya vazirligi nikoh tuzish va ajrimlar bo‘yicha arizalarni eksperiment tariqasida DXMlar orqali qabul qilish taklifini bildirmoqda. Qolaversa, bola tug‘ilganda tug‘ruqxona beradigan QR-kodli ma’lumotnomani metrikaga tenglashtirish kutilmoqda. Hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Nikohni rasmiylashtirishdagi 1 oylik muddatni bekor qilish taklif etilmoqda
22 aprel 2022, 17:07

Nikohni rasmiylashtirishdagi 1 oylik muddatni bekor qilish taklif etilmoqda

Fuqarolarning nikohini FHDYoga ariza berilganidan bir oy o‘tib rasmiylashtirish tartibini bekor qilish taklif etilmoqda. Nikoh tibbiy ko‘rikdan so‘ng qayd etilishi mumkin.

Yarim yilda 1272 nafar o‘zbekistonlik qiz xorijliklarga turmushga chiqqan
17 avgust 2021, 16:36

Yarim yilda 1272 nafar o‘zbekistonlik qiz xorijliklarga turmushga chiqqan

Joriy yil boshidan beri mamlakatda jami 143 555 ta nikoh qayd etildi. Shundan 1272 tasida o‘zbekistonlik qizlar xorijliklarga turmushga chiqqan. Ularning 207 nafari Rossiya, 148 nafari Qozog‘iston, 106 nafari Turkiya, 42 nafari Koreya Respublikasi, 13 nafari AQSh va boshqa mamlakatlar fuqarolari bilan oila qurgan.

Nikohga kirish jarayonini murakkablashtirish taklif etilmoqda
2 mart 2021, 13:41

Nikohga kirish jarayonini murakkablashtirish taklif etilmoqda

FHDYOga ariza topshirgandan so‘ng, 1 oylik muddatni 3 oyga uzaytirish taklif etildi. Ushbu taklif ajrimlar soni ortib borayotgani sababli, yoshlarning bir-birini yaxshiroq tanib olishi uchun ilgari surilmoqda. «Nikohdan o‘tib, so‘ng farzandini tirik yetim qilgandan ko‘ra, uch oylik muddatda bir-biriga ma’qul kelmasa, o‘z yo‘lida davom etgani ma’qul», — deya ta’kidlandi.

Nikohlanuvchilarga qo‘shfamiliyalikka ruxsat berildi
4 sentabr 2020, 10:43

Nikohlanuvchilarga qo‘shfamiliyalikka ruxsat berildi

O‘zbekistonda nikohlanuvchilarga qo‘shfamiliyalikka ruxsat beriladi. Bundan tashqari, FHDYO xodimlari oylik ish haqlari o‘rta hisobda 3 baravarga oshishi kutilmoqda.

FHDYO organlarining qog‘oz shaklidagi arxivlari raqamlashtiriladi
5 avgust 2020, 13:51

FHDYO organlarining qog‘oz shaklidagi arxivlari raqamlashtiriladi

Yil yakuniga qadar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlari arxivlarida qog‘oz tashuvchilarda saqlanayotgan hujjatlarning elektron bazasi shakllantiriladi. Buning uchun respublika byudjetidan 30 mlrd so‘m ajratilishi belgilangan.

FHDYO organlarida blokcheyn tizimi qo‘llaniladi
24 iyul 2020, 10:23

FHDYO organlarida blokcheyn tizimi qo‘llaniladi

Davlat xizmatlari agentligi 2020 yilning yakuniga qadar «Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) yagona elektron arxivi» axborot tizimini blokcheyn texnologiyasiga o‘tkazadi. Bu tizim axborot xavfsizligi va shaffofligini ta’minlashi hamda firibgarliklar oldini olishga yordam berishi aytilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting