«fermerlar» tegli maqolalar


Klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi hali to‘liq to‘lanmagan — prezident
12 fevral 2024, 12:47

Klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi hali to‘liq to‘lanmagan — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi hali to‘liq to‘lanmaganini ma’lum qildi. Shuningdek, 2024-yil paxtasini sotish bo‘yicha fyuchers shartnomasi tuzgan fermerlarning ma’lum qismi kreditlarni haligacha olmagani ta’kidlandi.

Paxta xomashyosini yetkazish shartnomalari birja orqali tuziladi, fermerlar qisman erkinlikka ega bo‘ladi
14 dekabr 2023, 15:32

Paxta xomashyosini yetkazish shartnomalari birja orqali tuziladi, fermerlar qisman erkinlikka ega bo‘ladi

2024-yilgi hosil mavsumidan paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tovar-xomashyo birjasi orqali tuziladi. Fermerlar ortiqcha xomashyoni, shuningdek, o‘z mablag‘i hisobidan yetishtirilgan paxtani erkin sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Fermer va klasterlarni kreditlashning yangi tizimi joriy etiladi.

O‘zbekiston fermerlari viloyat ichidagi xohlagan klasterini tanlash va ortiqcha hosilini sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi — prezident
9 noyabr 2023, 20:56

O‘zbekiston fermerlari viloyat ichidagi xohlagan klasterini tanlash va ortiqcha hosilini sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi — prezident

O‘zbekistonda fermerlarga o‘z faoliyatida qisman erkinlik beriladi. Prezident fermerlar bir viloyat ichidagi xohlagan klasteri bilan shartnoma tuzish va ortiqcha hosilni birja orqali sotish huquqiga ega bo‘lishini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda paxta narxini erkin bozor belgilaydi — qishloq xo‘jaligi vaziri
20 oktabr 2023, 15:08

O‘zbekistonda paxta narxini erkin bozor belgilaydi — qishloq xo‘jaligi vaziri

Faollar fermerlar va klasterlar o‘zaro teng munosabatga kirisholmasligi, fermerlarda narx bo‘yicha tortishish imkoni yo‘qligini ta’kidlashgandi. Bunga javoban, qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov paxta narxini bozor iqtisodiyoti qonunlari bo‘yicha xaridorlar va sotuvchilar belgilashini ma’lum qildi.

Qiziriqda yerlari klasterga olib berilgan fermerlar va IIO xodimlari o‘rtasida janjal kelib chiqdi
20 noyabr 2022, 15:06

Qiziriqda yerlari klasterga olib berilgan fermerlar va IIO xodimlari o‘rtasida janjal kelib chiqdi

Qiziriqda yerlari klasterga olib berilgan 14 nafar fermer va IIO xodimlari o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. IIV voqea ishtirokchilari o‘zlarini traktor ostiga tashlash, bir-biriga shikast yetkazishga urinmoqchi bo‘lganini ma’lum qildi. Deputat Kusherbayev fermerlar Oliy sudda g‘alaba qozonganini aytdi. Munosabatlar.

«Bir paytlar paxta maydonidan bir gektar ajratish jinoyat edi» — Shavkat Mirziyoyev
6 oktabr 2022, 14:45

«Bir paytlar paxta maydonidan bir gektar ajratish jinoyat edi» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda paxta dalasida fermer va qishloq xo‘jaligi vakillari bilan uchrashdi. Nav evaziga hosildorlikni oshirish, suvdan oqilona foydalanish zarurligi ta’kidlandi. «Bir paytlar paxta maydonidan bir gektar ajratish jinoyat edi, takroriy ekin ekkan ta’qib qilinardi», — dedi davlat rahbari.

Fermerlarga qishloq xo‘jaligi yerlarining har bir gektari uchun 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi
26 mart 2022, 12:46

Fermerlarga qishloq xo‘jaligi yerlarining har bir gektari uchun 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

Prezident qarori bilan 2022−2023 yillarda sinov tariqasida tuproq unumdorligi va paxta hosildorligini oshirgan, sug‘orishning yangi texnologiyalarini joriy etgan fermer va klasterlarga har bir gektar yer uchun 1 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi. Qolaversa, tuproq unumdorligini oshirganlik va eroziyadan muhofaza qilganlik uchun soliq imtiyozlari ham beriladi.

Fermerlarni qanday muammolar qiynamoqda — Adliya vazirligi monitoringi
26 avgust 2021, 09:10

Fermerlarni qanday muammolar qiynamoqda — Adliya vazirligi monitoringi

Fermer va sotib oluvchi tashkilotlar, klasterlar va yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnomalarda yo‘l qo‘yilayotgan xatolar, fermer xo‘jaliklarining 180 mlrd so‘mdan ko‘proq qarzga botgani va boshqalar — Adliya vazirligi «Fermerga madad» aksiyasi doirasida fermerlar manfaatlariga eng ko‘p zarar yetkazayotgan holatlarni o‘rganmoqda. Vazirlik ushbu sohadagi muammolarni bartaraf etish uchun bir qancha choralarni taklif qilmoqda.

Bo‘ston tumani hokimi fermerlarni haqoratladi. Viloyat hokimligi unga «ogohlantirish» berdi
26 oktabr 2020, 16:16

Bo‘ston tumani hokimi fermerlarni haqoratladi. Viloyat hokimligi unga «ogohlantirish» berdi

Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitovaning fermerlarni soya rejasini bajarmagani uchun haqoratlagani aks etgan audio tarqaldi. Hokim yaqinda koronavirusdan davolanib chiqqani va stressda qattiqroq gapirib yuborganini aytdi. Viloyat hokimligi unga «ogohlantirish» berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting