Respublikaning bir qator viloyatlarida avtomobillarga gaz quyish kompressor shohobchalari (AGQSH) cheklangan ish rejimiga o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi Energetika vazirligi «Gazeta.uz» ga. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Xududgaz Poytaxt» xabarida cheklovlar 4 yanvar kuni joriy qilinganligi qayd etilgan.

Energetika vazirligining tushuntirishicha, hozirda Muborak neft va gaz qazib olish boshqarmasining konlarida to‘xtab qolgan barcha 14 ta nasos agregatlari normal ishlamoqda, Muborak gazni qayta ishlash zavodidan keladigan gaz ta’minoti to‘liq tiklandi.

Shunga qaramay, magistral gaz quvurlarida barqaror gaz bosimini ta’minlash uchun AGQSH stansiyalari vaqtincha soat 05:00 dan kechki 15:00 gacha ishlaydi. Cheklovlar mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda joriy etiladi, deyiladi boshqarma xabarida.

Ma’lum qilinishicha, 4 yanvar kuni yetkazib berilmagan hajmlar o‘rni to‘ldirilmaganligi sababli, zarur bo‘lgan gaz bosimini tiklash bilan bog‘liq qiyinchiliklar yuzaga keladi. Yana bir asosiy sabab bu harorat pasayishi sababli gaz iste’molining ko‘payishi.

Shu sababli birinchi darajali vazifa respublika aholisini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash va «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ korxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘lmoqda.

Avvalroq Muborak gazni qayta ishlash zavodidan gaz yetkazib berish deyarli to‘liq to‘xtatilganligi sababli Andijon viloyatida gaz ta’minotida uzilishlar kuzatilgani haqida xabar berilgan edi.