Farg‘ona viloyatida olib borilgan 10 kunlik o‘rganishlar davomida 15 ta ishlab chiqarish ob’ektlarida, shu jumladan, ohak va boshqa turdagi qurilish materiallari, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek, AYOQSH tekshiruvi davomida qo‘pol qonunbuzarliklar va 1,3 mln kubometrdan ortiq gazni o‘g‘irlash hamda gazni hisobga olishdagi qonun buzilishlari bilan bog‘liq qator kamchiliklar aniqlandi. Gaz ta’minoti korxonalariga yetkazilgan zarar miqdori esa 1,35 mlrd so‘mdan ziyodni tashkil etdi, deya xabar berdi «Hududgazta’minot» AJ matbuot xizmati.

Tabiiy gazdan foydalanishdagi qonun buzilishlarining asosiy qismini umumiy foydalanishdagi gaz tarmoqlariga ruxsatsiz ulanish, hisoblash uskunalariga, ularning muhrlariga qasddan zarar yetkazish, shuningdek, ulardagi ko‘rsatgichlarni o‘zgartirish uchun ruxsatsiz ta’sir o‘tkazish kabilar tashkil etdi.

Jumladan, «Qo‘qonshahargaz» inspektori 24 avgust kuni gaz hisoblagich ko‘rsatkichlarini tekshirish uchun ohak ishlab chiqaruvchi «Ohak Miks» MCHJga keladi. Korxona rahbariyati gaz ta’minoti bo‘yicha shartnomada hisoblagich ko‘rsatkichlarini to‘siqsiz tekshirishni nazarda tutuvchi band shartlarini qasddan buzgan holda, korxona faoliyati to‘xtatilganligini aytib, gaz ta’minoti tashkiloti inspektoriga gaz hajmini qayd etishga ruxsat bermagan. Biroq, «Hududgaz» metrologiya filiali va «Hududgaz Farg‘ona» gaz ta’minoti filiali xodimlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tekshiruv davomida iste’molchi o‘zboshimchalik bilan 140 tonnalik ohak pechini loyihasiz qurib olgani va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. Shu bilan, mazkur iste’molchi qo‘shimcha 419 ming kubometrdan ortiq gaz sarflab yuborgan.

Shuningdek, viloyatning O‘zbekiston tumani «Qoratepa» qishlog‘ida joylashgan Kokand Higher Lime ohak ishlab chiqarish sexida gaz ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan TDS-80/400 gaz hisoblagichining ishlashiga noqonuniy texnik aralashuvlar aniqlandi, bu esa undagi ko‘rsatkichlar noaniq bo‘lishiga olib kelgan. Bundan tashqari, sexda hisobga olinmagan ikkita ohaktosh pechidan foydalanilayotgani aniqlandi. Tekshirilganda ularda 82 ta nostandart gorelkalar o‘rnatilgani aniqlandi. Tuzilgan bayonnomaga ko‘ra, mazkur sex tomonidan noqonuniy foydalanilgan gaz hajmi 869 ming kubometrdan oshdi.

Huddi shunday qoidabuzarliklar Quva viloyatidagi «Quva oqtosh KUBBO» MCHJ, O‘zbekiston viloyatining «Yangiqishlok» qishlog‘ida joylashgan «Izvest belosnejnaya» MCHJda ham aniqlangan. «To‘lash» aholi punktida joylashgan korxonalardagi gaz hisoblagichlarida majburiy muhrlanishi kerak bo‘lgan joylarda maxsus muhrlar yo‘qligi va Quvasoydagi ikkita xususiy korxona gaz hisoblagichlarida manipulyatsiya o‘tkazib kelganliklari aniqlandi.

Qayd etilgan qonunbuzarliklar bo‘yicha barcha materiallar huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirildi. Shu kabi boshqa holatlarni aniqlash bo‘yicha tekshiruvlar esa davom etmoqda.