«deputat daxlsizligi» tegli maqolalar


3 dekabr 2021, 16:55

Feruza Babashevaning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan behayo video ortidan Feruza Babashevaning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi. O‘rta Chirchiq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi uning hamkasblari tashabbusi bilan chaqirilgan hamda tegishli qarorni 24 nafar deputatdan 23 nafari qo‘llab-quvvatlagan.

23 noyabr 2021, 10:08

Feruza Babasheva deputatlik daxlsizligidan mahrum qilindi

O‘rtachirchiq tuman Xalq deputatlari Kengashi yopiq majlisda prokuror taqdimnomasiga ko‘ra deputat Feruza Babashevani daxlsizlik huquqidan mahrum qildi. Deputat “Agrobank” boshqarma boshlig‘ining talabiga binoan sudda javobgar sifatida ishtirok etadi.

19 noyabr 2021, 12:47

«Pastkash erkaklari bor huquqni himoya qiluvchilar ishlayotgan jamiyatning borligi uyatli» — Rasul Kusherbayev

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev deputat ayol Feruza Babasheva atrofida bo‘layotgan voqealarga munosabat bildirdi. U ayolning bir erkak bilan birgalikdagi fotosuratlari va videosining ijtimoiy tarmoqlarga tarqalib ketganini keskin qoralab, «kim va nima bo‘lishidan qat’i nazar, odamni sindirish bunday usul bilan uyushtirilmasligini» ta’kidladi.

18 noyabr 2021, 02:30

Deputat Feruza Babasheva atrofida nimalar sodir bo‘lmoqda?

9 noyabr kuni prokuratura mahalliy deputat Feruza Babashevani «Agrobank» boshqarma boshlig‘ining arizasi tufayli daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritdi. Bir necha kundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda oktabr oyi boshida tasvirga olingan va deputatning erkak kishi bilan to‘shakdagi holati aks etgan tasvirlar paydo bo‘ldi. Feruza Babasheva viloyat IIBB xodimlarini tahdid qilish va bosim uyushtirishda aybladi. Jamoatchilik deputatni himoya qilib chiqdi. XDP shaxsiy hayotga aralashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini eslatdi.

30 avgust 2021, 16:21

Toshkent viloyatida deputatlar va IIB xodimlari o‘rtasida tortishuv kelib chiqdi. Ikki tomon vaziyatni turlicha izohlamoqda

Toshkent viloyatida mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida deputatlar va IIB xodimlari o‘rtasida tortishuv kelib chiqdi. Viloyat IIBB ma’lumotiga ko‘ra, mojaroga xalq vakillari tadbirga niqobsiz kelganligi sabab bo‘lgan. Deputatlar esa 50 nafarga yaqin yosh bola va ularning ota-onalari bayramga kiritilmagani, yana bir ayolga kuch ishlatilgani hamda deputatning daxlsizlik huquqi buzilganini aytishmoqda.

24 iyun 2021, 18:50

Daxlsizlik huquqidan mahrum etilgan Andijon shahar deputati qamoqqa olindi

Daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan Andijon shahar xalq kengashining deputati Shuhrat Karimov qamoqqa olindi. U ta’sis etgan kompaniya mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish ochildi. Uning hamkasbi Jahongir Jiyanov buni «deputatlarga ochiqdan-ochiq bosim» deb atadi.

26 may 2021, 22:03

«Biz o‘z e’tirozimizni bildirmoqchimiz». Andijon viloyati deputatlari prezidentga murojaat qildi

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi prezidentga murojaat yo‘llab, mansabdor shaxslar tomonidan deputatlarga bosimlar o‘tkazilayotganini bildirdi. Shuningdek, ular deputatlarning daxlsizlik huquqini buzilishi e’tiborsiz qoldirilayotganidan shikoyat qilishdi.

19 may 2021, 17:05

Yerni noqonuniy ajratishga qarshi chiqqan deputat daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi

Noqonuniy ravishda yer uchastkalari ajratish va shahar hokimining qarorlariga qarshi chiqib kelayotgan Andijon shahar kengashi deputati Shuhratbek Karimov prokuror taklifi bilan daxlsizlik huquqidan mahrum etildi. Bunga ushbu deputat ta’sischi bo‘lgan kompaniyaga qarshi jinoiy ish sabab bo‘lgan. Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi va jamoatchilik deputatni qo‘llab-quvvatladilar. Senat komissiyasi vaziyatni o‘rganmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting