22 noyabr kuni O‘rtachirchiq tuman Xalq deputatlari Kengashi (Toshkent viloyati) deputati, O‘zXDP tuman Kengashi raisi Feruza Babasheva deputatlik daxlsizligidan mahrum qilindi. Bu haqdagi qaror 22 noyabr kuni tuman Kengashining sessiyasida qabul qilindi.

Кенгаш majlisi yopiq rejimda bo‘lib o‘tdi — jurnalist va blogerlar majlisga kiritilmadi. Xalq deputatlari Kengashining namunaviy reglamenti hamda Kengash doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomning 12-moddasiga muvofiq, sessiyalar ochiq, oshkora o‘tkaziladi va ommaviy axborot vositalarida yoritiladi. Zarur hollarda, Kengash yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Bunday qaror, agar taklif kengash, doimiy komissiyalar, partiya yoki deputatlik guruhlari rahbari — hokim tomonidan kiritilgan bo‘lsa, qabul qilinishi mumkin. Yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Kengash deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismining ovozi bilan qabul qilinadi.

“Gazeta.uz” avvalroq Feruza Babasheva bilan bog‘liq vaziyatga batafsil to‘xtalib o‘tgan edi. 9 noyabr kuni prokuratura uni “Agrobank” boshqarma boshlig‘ining bayonoti tufayli deputatlik daxlsizligidan mahrum qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritdi. Bir necha kundan keyin ijtimoiy tarmoqlarda oktabr oyi boshida suratga olingan, deputat noma’lum erkak bilan to‘shakda yotgani aks etgan videotasvirlar paydo bo‘ldi. U viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlarini tahdid va bosim qilishda aybladi.

Dushanba kuni Feruza Babasheva majlisda “Agrobank” boshqarma boshlig‘i Muxitdin Qiyomovning (ilgari Toshkent viloyati prokurori va Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan) bayonoti tufayli deputatlik daxlsizligidan mahrum qilinganini, biroq o‘z vakolatlarini saqlab qolganini ma’lum qildi. Endi, agar [Muxitdin Qiyomov] haqorat qilinganini sudda isbotlasa, jarima to‘layman”, — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sessiyada birinchi marta deputatlardan telefonlar tortib olingan, biroq u o‘z mobil qurilmasini berishdan bosh tortgan va uning “ovozsiz” rejimni yoqib qo‘ygan. Bundan tashqari, sessiyada suratga olish taqiqlangan. Yig‘ilishni yopiq tarkibda o‘tkazish tashabbusini Kengash doimiy komissiyasi raisi kiritgan.

Feruza Babasheva Muxitdin Qiyomovga nisbatan javob arizasini prokuraturaga taqdim etganini, prokuratura esa murojaatni ichki ishlar organlariga topshirganini qayd etdi.