Prezident maslahatchisi birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov budjet taqchilligi bo‘yicha maqsadlarga erishish uchun fiskal qoidalarni kengaytirish va takomillashtirish, shuningdek, yangi qoidalarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqligini aytdi. “Bu yilgi asosiy masala — makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash”, — dedi u.
Sakkiz oy davomida O‘zbekiston davlat budjeti taqchilligi qariyb 40 trln so‘mni tashkil etdi. O‘tgan ikki oyda xarajatlar daromaddan 12,2 trln so‘mga oshdi. Eslatib o‘tamiz, hukumat 2023-yil yakunlari bo‘yicha profitsit bo‘lishini prognoz qilgan edi.
Davlat xarajatlarining oshishi ortidan inflyatsiya prognozlardan yuqori darajada shakllanmoqda, dedi MB raisi. Regulyator budjet taqchilligi 4,2−4,5 foizga o‘sishini kutmoqda, hukumat esa 4% bo‘lishini e’lon qildi. Mamarizo Nurmuratov inflyatsiyani ushlab turishda budjet konsolidatsiyasining roli oshganini ta’kidladi.
Hukumat budjet taqchilligining amaldagi cheklangan miqdoriga moslasha olmayapti, shu bois parlamentdan uni 4 foizgacha oshirishni so‘radi, bu esa davlat xarajatlarining 8 trln so‘mga oshishini anglatadi. Jamshid Qo‘chqorovning aytishicha, kelasi yilgi budjet loyihasini tayyorlash ishlari qariyb yakuniga yetgan.
Birinchi yarim yillik yakunlariga ko‘ra, budjet taqchilligi YAIMga nisbatan 3,7% yoki 14,4 trln so‘mni tashkil etdi, deya ma’lum qildi moliya vaziri Timur Ishmetov. Bu ko‘rsatkich ruxsat etilgan chegaradan yuqori. Iyulda hukumat parlamentdan taqchillik chegarasini oshirishni so‘rashni rejalashtirgandi.
O‘zbekistonning 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unda bir qancha ustuvor maqsadlar qatoridan — 5 yil ichida aholi jon boshiga YAIMni 1,6 baravarga oshirish, inflyatsiya darajasini 9,9 foizdan 5 foizgacha pasaytirish, davlat budjeti taqchilligi 3 foizdan oshib ketmasligini ta’minlash, davlat qarzini yiliga $4,5 mlrddan oshirmaslik, eksport hajmini $30 mlrdga yetkazish o‘rin olgan.
2022 yildan boshlab barcha vazirliklar uchun davlat budjeti mablag‘larini sarflash bo‘yicha asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni belgilash rejalashtirilmoqda, dedi moliya vaziri Timur Ishmetov. Unga ko‘ra, budjet taqchilligini 3 foizga kamaytirish va «budjet xarajatlarini qattiq nazorat qilish» rejalashtirilgan.
Moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarovning ma’lum qilishicha, 2020 yilda koronavirus inqirozi sababli davlat xarajatlari keskin o‘sgan. Endilikda uni pandemiyagacha bo‘lgan davrdagi darajaga — YAIMga nisbatan 27% ga tushirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, hukumat kelgusi yillarda davlat qarzi darajasini 50%, budjet taqchilligini 2% chegarada ushlab turishni rejalashtirmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting