7 oy davomida dori vositalarini dorixonalardan tashqarida sotish, shuningdek, qalbaki va sifatsiz dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan bog‘liq 82 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi. Yana 52 ta qonunbuzarlik inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari tayyorlash va sotish bilan bog‘liq.
Andijon va Toshkent viloyatida fuqarolarni qo‘shni davlatlardagi OTMlarga, Jizzax viloyatida esa fuqaroni mahalliy texnikumga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.
Chortoq tumanida bank mas’ul xodimlari tadbirkor bilan o‘zaro til biriktirib, quyonchilik va chorvachilik uchun ajratilgan 1,3 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Mingbuloq tumanida esa tadbirkor bankning sobiq mansabdor shaxslari bilan birgalikda fuqarolarga tikuvchilik uchun ajratilgan 143,2 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan.
Samarqand tumanida fermer ikki fuqaroga tuman hokimining 2020 yildagi soxta qarori bilan 19,7 ming dollarga yer maydonini sotgani aniqlandi. Tergovga qadar tekshiruv davomida gumonlanuvchi 500 dollar va 4,5 mln so‘mni ixtiyoriy ravishda qaytargan.
Farg‘ona va Namangan viloyatlarida fuqarolarni Qirg‘izistondagi OTMlarga o‘qishga kiritib, so‘ng o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirib berishni va’da qilganlikda gumonlangan shaxslar ushlandi. Ushlanganlar fuqarolardan jami 5680 dollar va 26 mln so‘m olgan.
Toshkent davlat tenika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishga, o‘qishni Qibraydagi Xalqaro moliya va texnologiyalar xususiy institutiga ko‘chirishga va’da qilgan shaxslar qo‘lga tushdi. Ularga nisbatan firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi ochildi.
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek va Bektemir tumanlaridagi dorixonalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan kuchli ta’sir qiluvchi “Regapen” va “Zardeks” dorilarining noqonuniy savdosi to‘xtatildi.
Yunusobod tumanida Toshkent viloyati, O‘rmon xo‘jaligi tasarrufidagi 1 gektar yer maydonini 200 ming AQSh dollari evaziga olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi. Firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Poytaxtning Chilonzor va Yakkasaroy tumanlaridagi dorixonalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan kuchli ta’sir qiluvchi «Regapen», «Tropikamid», «Zardeks» dorilarining noqonuniy savdosi to‘xtatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting