Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tailandning Pxuket shahrida o‘tgan Jahon kubogida 4 ta medalga ega chiqdi. 10-aprel kuni erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasida kechgan bahslarda Akbar Jo‘rayev va Sharofiddin Amriddinov sovrindor bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Jo‘rayev dast ko‘tarishda 189 kg, siltab ko‘tarishda 227 kg va ikki kurash bo‘yicha 416 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi.

U o‘z raqiblari orasida mutlaq chempion bo‘lib, 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

акбар жўраев, og‘ir atletika, шарофиддин амриддинов

Dast ko‘tarishda 170 kg qayd etgan Amriddinov ushbu dasturda bronza medaliga ega chiqdi. Uning siltab ko‘tarishdagi 208 kg va ikki kurashdagi 378 kg natijalari ushbu yo‘nalishlarda medallar uchun kamlik qildi. Eslatib o‘tamiz, Sharofiddin Amriddinov fevral oyida Toshkentda o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida 1 ta oltin va 2 ta kumush medla sohibi bo‘lgandi.