Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonda o‘tgan Osiyo chempionatini 7 ta medal — 2 ta kumush va 5 ta bronza bilan tugatdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Sovrindorlar ro‘yxati
Kumush:
- -86 kg: Javrail Shapiyev (erkin kurash)
- -92 kg: Sherzod Poyonov (erkin kurash)
Bronza:
- -79 kg: Asomiddin Hasanov (erkin kurash)
- -72 kg: Abdullo Aliyev (yunon-rum kurashi)
- -77 kg: Doniyorxon Nabikov (yunon-rum kurashi)
- -82 kg: Muhammadqodir Rasulov (yunon-rum kurashi)
- -87 kg: Rahimjon Uzoqov (yunon-rum kurashi).
Ma’lumot uchun, 19−21-aprel kunlari Bishkekda Parij-2024 litsenzion turniri bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham Olimpiada yo‘llanmalari uchun kurash olib boradi.