Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish institutiga yangi rektor tayinlandi
6 avgust 2020, 15:55

Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish institutiga yangi rektor tayinlandi

Ayubxon Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori etib tayinlandi.

Moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan veb-sayt ishga tushirildi
6 avgust 2020, 14:31

Moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan veb-sayt ishga tushirildi

Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida Markaziy bank Finlit.uz axborot-ta’lim veb-saytini ishga tushirdi. Unda iqtisod, bank va moliya sohasiga tegishli maqolalar, o‘quv materiallari e’lon qilinadi, interaktiv xizmatlar va loyihalar doimiy ravishda yangilanib, takomillashtirib boriladi.

Samsung yangi Galaxy Note20 va Note20 Ultra smartfonlarini taqdim etdi
6 avgust 2020, 14:22

Samsung yangi Galaxy Note20 va Note20 Ultra smartfonlarini taqdim etdi

Samsung yangi Galaxy Note20 va Note20 Ultra smartfonlari, Tab S7 va S7+ planshetlari, Galaxy Watch3 «aqlli» soati, Galaxy Buds Live simsiz quloqchinlari va Galaxy Z Fold 2 bukiluvchan ekranli smartfonlarini taqdim etdi.

Tojikistonda prezident saylovlari kuni e’lon qilindi
6 avgust 2020, 14:18

Tojikistonda prezident saylovlari kuni e’lon qilindi

Tojikiston parlamentining qarori bilan 11 oktyabr mamlakatda prezident saylovlar kuni deb e’lon qilindi.

Toshkent sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi
6 avgust 2020, 13:52

Toshkent sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Botirbek Isabekov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. U boshqarmaga 2019 yilning iyun oyidan rahbarlik qilib kelayotgandi.

«Milliy tiklanish» partiyasi tonirovkani bepul qilishni taklif qildi
6 avgust 2020, 13:50

«Milliy tiklanish» partiyasi tonirovkani bepul qilishni taklif qildi

«Milliy tiklanish» partiyasi Vazirlar Mahkamasiga avtomobillarning oynalarini qoraytirish uchun ruxsatnoma va to‘lovlarni bekor qilish to‘g‘risida taklif yubordi.

Twitter Donald Trampning akkauntini cheklab qo‘ydi
6 avgust 2020, 12:52

Twitter Donald Trampning akkauntini cheklab qo‘ydi

Twitter Donald Trampning sahifasida COVID-19 haqida yolg‘on ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan video paydo bo‘lganidan keyin AQSH prezidentining akkaunti orqali post yozish imkoniyatini cheklashga qaror qildi. Shuningdek, Facebook ham AQSH prezidentining joylagan postini ijtimoiy tarmoqdan o‘chirib yubordi.

Rossiyada chet ellik talabalarning ish bilan ta’minlanishi soddalashtirildi
6 avgust 2020, 12:11

Rossiyada chet ellik talabalarning ish bilan ta’minlanishi soddalashtirildi

Rossiyadagi chet ellik talabalarga bo‘sh vaqtlarida maxsus ruxsat va patentsiz ishlashga ruxsat berildi. Ishga joylashish uchun ular faqat o‘quv yurtidan ma’lumotnoma taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

Samarada qolib ketgan o‘zbekistonliklar vataniga qaytish orzusida. Mash nashrining videoreportaji
6 avgust 2020, 11:59

Samarada qolib ketgan o‘zbekistonliklar vataniga qaytish orzusida. Mash nashrining videoreportaji

Mash nashri tomonidan suratga olingan videoreportajda Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi vataniga qaytish imkoniyatini kutayotgan o‘zbekistonliklarning palatka lageridagi hayoti aks ettirilgan.

Oltin narxi rekord darajaga ko‘tarildi
6 avgust 2020, 11:39

Oltin narxi rekord darajaga ko‘tarildi

Oltin unsiyasi narxi tarixiy rekord darajaga ko‘tarilib, 2000 dollardan oshdi. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov aynan hozir oltin-valyuta zaxirasini sotib, mablag‘larni mamlakat iqtisodiyotini qutqarishga va ishsizlar soni ortishining oldini olishga yo‘naltirish mumkinligini aytmoqda.

Toshkentda 4 ta saralash va taqsimlash markazi tashkil etildi (ro‘yxat)
6 avgust 2020, 10:49

Toshkentda 4 ta saralash va taqsimlash markazi tashkil etildi (ro‘yxat)

Poytaxtda koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tezkorlik bilan malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida jami 3 084 ta o‘rinli 4 ta saralash va taqsimlash markazi tashkil qilindi.

Koronavirus holatlari 28 mingdan oshdi
6 avgust 2020, 10:05

Koronavirus holatlari 28 mingdan oshdi

COVID-19 bemorlari soni 276 nafarga ortib, jami 28069 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 147 nafari Toshkent shahrida va 129 nafari Toshkent viloyatida qayd etildi.

Covid-19 o‘sish ko‘rsatkichi ikki kun ketma-ket 746 ta bo‘ldi
6 avgust 2020, 06:46

Covid-19 o‘sish ko‘rsatkichi ikki kun ketma-ket 746 ta bo‘ldi

Kun davomida aniqlangan koronavirus holatlari soni bir kun avvalgi singari 746 ta bo‘lib, jami 27793 taga yetdi.

Variety: Tillayevlarning Los-Anjelesdagi uchta villasi sotuvga qo‘yildi
5 avgust 2020, 21:14

Variety: Tillayevlarning Los-Anjelesdagi uchta villasi sotuvga qo‘yildi

Variety nashri Los-Anjelesdagi Gollivud tepaliklarida joylashgan umumiy qiymati 18,9 mln dollarlik uchta villaning bir vaqtda sotuvga qo‘yilgani haqida xabar qildi. Qayd etilishicha, ob’ektlar Lola Karimova-Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillayevga tegishli.

YUNEP: Yashil fasad va oq tomlar issiqlikni saqlashga yordam beradi
5 avgust 2020, 20:50

YUNEP: Yashil fasad va oq tomlar issiqlikni saqlashga yordam beradi

Shaharlarda haroratni pasaytirish uchun tabiatning o‘zi kifoya, deb hisoblaydi BMTning atrof-muhit bo‘yicha dasturi (YUNEP). Buning uchun mutaxassislar fasadlarni ko‘kalamzorlashtirish va uylarning tomlarini bog‘lar bilan o‘rash yoki ularni oq rangga bo‘yashni tavsiya qilmoqda.

Samara shahridan 1000 ga yaqin o‘zbekistonlik poyezd orqali uylariga qaytariladi
5 avgust 2020, 19:36

Samara shahridan 1000 ga yaqin o‘zbekistonlik poyezd orqali uylariga qaytariladi

Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbekistonliklar yaqin kunlarda poyezd bilan uylariga olib kelinadi. Avvalroq muhojirlarning, shu jumladan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolarining Samara viloyatidagi nazorat punktidan o‘tishga urinayotgani haqida xabar berilgan edi.

UzAuto Motors faoliyatida qonunbuzarliklar aniqlandi
5 avgust 2020, 18:59

UzAuto Motors faoliyatida qonunbuzarliklar aniqlandi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda UzAuto Motors avtomobillariga narxlarni shakllantirishda ayrim xarajatlarni oshirib kiritganligi va raqobat to‘g‘risidagi boshqa qonunbuzarlik alomatlari aniqlandi, deya xabar berdi deputat Rasul Kusherbayev.

Afsonalar qayerlarga yetaklaydi. Amir Temur g‘origa ekspeditsiya
5 avgust 2020, 18:00

Afsonalar qayerlarga yetaklaydi. Amir Temur g‘origa ekspeditsiya

Navqiron Temur haqidagi afsonada aytilishicha,u buyuk sarkarda bo‘lishidan oldin Qashqadaryo viloyatidagi Qal’ai Sheron darasidagi baland tog‘li g‘orda bo‘lajak janglar uchun o‘z qo‘shinini mashq qildirardi. Sayohatchi Sharof Egamberdiyev 600 yildan so‘ng Temur g‘origa ekspeditsiyani amalga oshirdi.

Sirdaryo viloyatidagi qurilishlarda 2,5 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilindi
5 avgust 2020, 16:36

Sirdaryo viloyatidagi qurilishlarda 2,5 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilindi

Sirdaryo viloyatida ko‘p qavatli uylar qurilishida deyarli 2,5 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bosh prokuratura barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Livan prezidentiga hamdardlik bildirdi
5 avgust 2020, 15:57

Shavkat Mirziyoyev Livan prezidentiga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Livan Respublikasi prezidenti Mishel Aunga Bayrutda yuz bergan kuchli portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting