5 avgust kuni O‘zbekistonda 746 holatda kasallik qayd etildi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yangi holatlarning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 3 nafar, Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo, Andijon, Toshkent, Buxoro, Namangan, Navoiy hamda Xorazm viloyatlarida jami 732 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 27 793 nafar bemordan 18 783 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 67 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 839 nafar bemordan 799 nafari og‘ir, 228 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.