Foto: Toshkentda 2024-yilning birinchi qori
15 yanvar 2024, 22:02

Foto: Toshkentda 2024-yilning birinchi qori

Toshkentda 15-yanvar kuni qor bo‘roniga yaqinroq tabiat hodisasi kuzatildi: tongda uchqunlay boshlagan qor peshinga yaqin jadallashdi, ammo uzoq davom etmadi. “Gazeta.uz” fotomuxbirlari poytaxtning 2024-yildagi birinchi qorini suratlarga muhrladi.

Sultonhovuz va Sirdaryoga sayohat. Barchaga beminnat rizq ulashuvchi makon manzaralari
10 yanvar 2024, 07:30

Sultonhovuz va Sirdaryoga sayohat. Barchaga beminnat rizq ulashuvchi makon manzaralari

Taniqli fotograf Husniddin Ato shogirdlari bilan tez-tez safarga chiqadi. Ustoz 2023-yil yozida Madina A’zam, Murod Yusuf, Farangiz Kamolova, Kamron Hasanov bilan birga Sultonhovuz ko‘li va uning yaqinidan oqib o‘tuvchi Sirdaryoga sayohat qilgandi. Quyida — sayohat davomida olingan suratlardan namunalar.

Qishloqlarda Yangi yil qanday kutib olindi?
3 yanvar 2024, 18:58

Qishloqlarda Yangi yil qanday kutib olindi?

Qishloqdagi Yangi yil shahardagi, ayniqsa poytaxtdagi bayramga o‘xshamaydi. Unda archa atrofida sayl, konsert degan narsalar yo‘q. “Gazeta.uz” muxbirlari Madina A’zam va Xolida Musulmon 2024-yilni Andijon va Jizzaxdagi qadrdon qishloqlarida kutib oldi va qishloqdagi bayram tarovatini kadrlarga muhrladi.

Test: Toshkentdagi tuman hokimliklarining binolarini taniysizmi?
3 yanvar 2024, 16:13

Test: Toshkentdagi tuman hokimliklarining binolarini taniysizmi?

Toshkentni qanchalik yaxshi bilasiz? Masalan, Toshkentdagi har bir tuman hokimligini binosiga qarab ajrata olasizmi? “Gazeta.uz”ning navbatdagi testi — shu haqda.

Test: Bu gapni kim aytgan?
31 dekabr 2023, 12:16 1

Test: Bu gapni kim aytgan?

“Ko‘p go‘sht yeyapmiz”, “kuniga 5600 so‘m topgan odam qashshoq emas”, “2,5 mln so‘m besh kishilik oilani boqishga bemalol yetadi” — bunday shedevrlar tarixda qoldi. Hozir amaldorlar o‘ta ehtiyotkor. Shunga qaramay, 2023-yil ham bir qator iqtiboslar bilan tarixda qoladi. “Gazeta.uz” ular asosida test tayyorladi.

Test: Stiven aka Spilbergga bag‘ishlanadi
18 dekabr 2023, 19:03

Test: Stiven aka Spilbergga bag‘ishlanadi

“Shindler ro‘yxati”, “Ayg‘oqchilar ko‘prigi”, “Tutqich bermas firibgar”, “O‘zga sayyoralik” kabi shedevr filmlar muallifi Stiven Spilberg 18-dekabr kuni 77 yoshga to‘ldi. Sana munosabati bilan “Gazeta.uz” jahon kinematografiyasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan rejissyor ijodiga bag‘ishlangan test tayyorladi.

Qashqadaryoda 4 ta qor qoploni videoqopqonga tushdi (video)
13 dekabr 2023, 17:13

Qashqadaryoda 4 ta qor qoploni videoqopqonga tushdi (video)

Qashqadaryodagi “Hisor” davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan videoqopqon orqali 4 ta qor qoploni tasvirga olindi. Bu qo‘riqxonaning 40 yillik tarixida birinchi marotaba yuz berishi.

“Toshkent. Yil fasllari. Vivaldi”. Yevgeniy Sorochin fotoloyihasi
12 dekabr 2023, 18:25 1

“Toshkent. Yil fasllari. Vivaldi”. Yevgeniy Sorochin fotoloyihasi

“Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin bir yil avval Toshkentda fasllar qanday namoyon bo‘lishini ko‘rsatuvchi loyihasini boshlagandi. U shaharning sakkiz joyini bir xil nuqtadan turib qish, bahor, yoz va kuzda suratga oldi. Buyuk Antonio Vivaldining “Yil fasllari” konsertlari esa loyihaga saundtrek bo‘ldi.

Foto: Toshkentda qor
12 dekabr 2023, 14:42

Foto: Toshkentda qor

So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda havo keskin sovib ketdi. Yomg‘ir qorga aylanib, yo‘llarni muz qopladi. “Gazeta.uz” muxbirlari qorli ko‘chalar, maxsus texnikalar faoliyati, ishga shoshayotgan odamlar va tirbandlikni suratga muhrladi.

Foto: Konstitutsiya hayotidan bir soat
8 dekabr 2023, 17:16

Foto: Konstitutsiya hayotidan bir soat

Aslida bu “Konstitutsiya hayotidan bir kun” nomli reportaj bo‘lishi lozim edi. Afsus, xaritada ko‘ringan hamma narsa ham real hayotda bo‘lavermas ekan. Ammo bu “Gazeta.uz” ijodkorlarini to‘xtata olgani yo‘q: “Konstitutsiya hayotidan bir kun” bo‘lmasa, unda mana — “Konstitutsiya hayotidan bir soat” bor!

Test: O‘zbekiston Konstitutsiyasini bilasizmi?
8 dekabr 2023, 16:46

Test: O‘zbekiston Konstitutsiyasini bilasizmi?

Bundan 31 yil muqaddam mustaqil O‘zbekiston o‘z Konstitutsiyasini qabul qilgan. O‘tgan yillar davomida Asosiy qonunga ko‘p o‘zgartishlar kiritilgandi, ammo 2023-yilda, aytish mumkinki, u tubdan yangilandi. “Gazeta.uz”ning navbatdagi testi Konstitutsiyaga bag‘ishlanadi.

Test: Disney multfilmlarini qanchalik yaxshi bilasiz?
5 dekabr 2023, 18:55

Test: Disney multfilmlarini qanchalik yaxshi bilasiz?

Rekord darajada ko‘p — 26 ta “Oskar” haykalchasi egasiga aylangan Uolt Disney tavalludiga 5-dekabr kuni 122 yil to‘ldi. U asos solgan Disney studiyasi o‘z filmlari bilan nafaqat bolalar, balki kattalarga ham zavq ulashishda davom etmoqda. “Gazeta.uz” aynan shu studiya multfilmlari haqida test tayyorladi.

“Go‘yo shaharni bulut qoplagandek”. Urganchdagi tuman — Azamat Matkarimov obyektivida
5 dekabr 2023, 10:22

“Go‘yo shaharni bulut qoplagandek”. Urganchdagi tuman — Azamat Matkarimov obyektivida

4-dekabr kuni ertalab Urganchni qalin tuman qopladi. Bunday ob-havo tufayli ikkita aviareys kechiktirildi. Soat 10 ga kelib, tuman tarqadi. Fotograf Azamat Matkarimov tongda tumanli shaharni aylandi.

Sentobga sayohat: Jahondagi eng yaxshi turizm qishloqlaridan birida nimalar hayratga soladi?
30 noyabr 2023, 21:35

Sentobga sayohat: Jahondagi eng yaxshi turizm qishloqlaridan birida nimalar hayratga soladi?

O‘zbekistonda hozirda beshta turizm qishlog‘i bor: Konigil va Bog‘i Baland, Ovjazsoy va Ertoshsoy, Sentob. 2023-yil oktabrida Sentob jahondagi eng yaxshi turizm qishloqlaridan biri deb e’lon qilindi. “Gazeta.uz” jurnalistlari Nurotada bo‘lib, bu qishloq nimalari bilan hayratga solishini o‘rganib qaytdi.

Test: Turkiston muxtoriyati tarixini bilasizmi?
27 noyabr 2023, 21:29

Test: Turkiston muxtoriyati tarixini bilasizmi?

Bundan 106 yil muqaddam — 1917-yilning 27-noyabr oqshomida O‘rta Osiyo mintaqasidagi ilk demokratik, ham dunyoviy davlat — Turkiston muxtoriyati e’lon qilingan edi. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan O‘zbekiston tarixining ushbu muhim bosqichi haqida test tayyorladi.

Foto: Xorazm sholizorlarida somon terimi
27 noyabr 2023, 17:12

Foto: Xorazm sholizorlarida somon terimi

Nukuslik fotosuratchi Azamat Matkarimov ish bilan tez-tez Urganchga boradi. Bu safarlarida u qishloq manzaralari yil davomida qanday o‘zgarishini kuzatadi. Fasllar almashinuvi sholizorlarda ayniqsa yorqin aks etadi. Uning suratlari, masalan, bir lagan palov ortida qancha mehnat yotgani haqida hikoya qiladi.

Jadidlarning “Messenjerdagi gurungi”: Asrlar eltgon ul bid’at uyqusidin uyg‘oning!
25 noyabr 2023, 18:17

Jadidlarning “Messenjerdagi gurungi”: Asrlar eltgon ul bid’at uyqusidin uyg‘oning!

25-noyabr — Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik — ko‘hna va katta muammo. Millat og‘riqlari haqidagi mulohazalari asr oshsa hamki o‘z dolzarbligini yo‘qotmayotgan o‘zbek ma’rifatparvarlari messenjerlari zamonida bu mavzuni qanday muhokama qilgan bo‘lardi?

Prezident administratsiyasidan Registon maydonigacha: Jahon bolalar kunida binolar moviy tusga kirdi
21 noyabr 2023, 12:53

Prezident administratsiyasidan Registon maydonigacha: Jahon bolalar kunida binolar moviy tusga kirdi

20-noyabr — Jahon bolalar kunida UNICEF`ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan bolalar huquqlarini himoya qilish belgisi sifatida mamlakatdagi ko‘plab binolar moviy tus oldi. Ular qatorida Prezident administratsiyasi binosi hamda Registon maydoni ham bor. “Gazeta.uz” fotoreportaji.

Test: Bayroqlarni bilasizmi?
18 noyabr 2023, 23:46

Test: Bayroqlarni bilasizmi?

1991-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston ramzlaridan biri — Davlat bayrog‘i qabul qilingan edi. Ushbu tarixiy sana munosabati bilan “Gazeta.uz” bayroqlar haqida test tayyorladi.

Toshkentda Mayk Taysonga WBC faxriy kamari topshirildi
18 noyabr 2023, 15:18

Toshkentda Mayk Taysonga WBC faxriy kamari topshirildi

Ringdagi o‘zbekistonlik bokschilar jangini kuzatgan Evander Xolifild va Rufat Risqiyev, Bahodir Jalolovga g‘oliblikni taqdim qilgan nokaut, to‘qnashuvlarni sharhlagan Mayk Tayson va hayajonlarga boy Toshkent professional boks kechasidan — “Gazeta.uz” fotoreportaji.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting