Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi va DXX xodimlari shaharda uyushgan jinoiy tuzulmalarga aloqador 35 nafar shaxsning yashash va boshqa manzillarida tezkor qidiruv tadbirlarini o‘tkazdi.

Ularning 19 nafaridan 3,81 gramm gashish, 10 dona pichoq, 3 dona xanjar, 2 dona niqob, 1 dona kastet kabi noqonuniy buyum va ashyolar olindi.

15 ta jinoyat va 24 ta ma’muriy huquqbuzarliklarga barham berildi, deyiladi xabarda.