Yakkasaroy tumanida dekabr oyi boshida olib borilgan obodonlashtirish ishlari paytida shahar hokimligi Raqamli rivojlanish departameni taklifi bilan Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasiga o‘zgaruvchan ma’lumot tablosi (O‘MT) o‘rnatdi. Ular odatda fuqarolarni yo‘l harakatidagi vaziyat, tezlik chegaralari va boshqalar haqida xabardor qilish uchun yo‘lning yuqori qismiga joylashtiriladi.

йҳх, ma’lumotlar tablosi, рақамли rivojlanish departamenti

Shahar ma’muriyati O‘MTdan foydalanishni 2019-yilning bahoridayoq boshlagan edi. O‘shanda ekranlarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida ogohlantirishlar berilgan, 2020-yilgi karantin paytida eslatmalar qo‘shilgan edi. Shaharda jami sakkizta ekran bor edi. To‘g‘ri foydalanilmagani sababli, ma’lum vaqt o‘tgach, O‘MTlar ishlashdan to‘xtadi va yo‘llar ustida qora to‘rtburchaklar kabi osilib qoldi.

2023-yil kuzida Raqamli rivojlanish departamenti ma’lumot tablolarini qayta tiklash tashabbusi bilan chiqdi.

йҳх, ma’lumotlar tablosi, рақамли rivojlanish departamenti

“Hozirda shaharda transport infratuzilmasi jadal rivojlanmoqda, haydovchilarni real vaqt rejimida xabardor qilish esa rivojlanishning ajralmas qismi hisoblanadi. Boshqa mamlakatlarda o‘nlab yillardan beri yo‘l tepasida O‘MTlar osig‘liq turadi. Men o‘zim shunday ekranlarga Moskvada guvoh bo‘lganman. Biz bu amaliyotni qo‘llashga qaror qildik, bunga imkoniyatimiz bor”, — dedi Raqamli rivojlanish departamenti direktori Aleksey Xen.

Ish Bobur ko‘chasidagi eski ekranni yangisiga almashtirishdan boshlandi. Yangi O‘MTda departament hamda LED-market elektron xizmati hamkorligida ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot sinovdan o‘tkazildi. Bundan tashqari, mutaxassislar har bir banner uchun ekran vaqtini, shuningdek, tungi va kunduzi yorug‘likni sinab ko‘rdi. Eski ekran qisman ta’mirlandi va displeyni masofadan boshqarish tizimini sinab ko‘rish uchun ofisga olib borildi. Ayni paytda tablo foydalanish uchun yaroqsiz, yonib ketgan LED modullarini almashtirish lozim.

йҳх, ma’lumotlar tablosi, рақамли rivojlanish departamenti

Aleksey Xenning so‘zlariga ko‘ra, shaharga bir necha yil oldin qo‘yilgan barcha ekranlar ta’mirlanishi kerak.

“Noyabr oyida O‘MTlarni tiklay oladigan pudratchini topish uchun tanlov o‘tkazdik. Yaqinda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatidan tegishli ruxsat oldik, mavjud ekranlarni rekonstruksiya qilish 2024-yil boshidan boshlanadi”, — dedi Aleksey Xen.

Yangilangan O‘MTlarda 14 turdagi ma’lumotlarni aks ettirish rejalashtirilgan. Masalan, biror kommunal muammo yoki yo‘llarda to‘siqlar paydo bo‘lsa murojaat qilish kerak bo‘lgan dispetcherlik xizmatlarining kontaktlari; shahardagi havo sifati haqidagi statistik ma’lumotlar, ob-havo ma’lumotlari, tez yordam mashinalarini o‘tkazib yuborish zarurati haqidagi eslatmalar va boshqalar.

йҳх, ma’lumotlar tablosi, рақамли rivojlanish departamenti

йҳх, ma’lumotlar tablosi, рақамли rivojlanish departamenti

Raqamli rivojlanish departamenti Yandex kompaniyasi bilan ham xaritalaridan yo‘llardagi vaziyatni translyatsiya qilish, tirbandlik va baxtsiz hodisalar haqida ma’lumot berish uchun foydalanish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

йҳх, ma’lumotlar tablosi, рақамли rivojlanish departamenti

Ko‘ngilochar kontentni ham namoyish etish rejalashtirilgan. Masalan, yomg‘irli havoda Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasida o‘rnatilgan yagona LED-ekranda o‘zbek tilidagi mashhur “Shop-shop bobolarim” memi, seshanba kunlari esa “Kechagidek qiyin emas” iborasi yozilgan banner aks etdi. Yangi yil arafasida O‘MTda fuqarolar uchun tabriknomalar paydo bo‘ldi.

йҳх, ma’lumotlar tablosi, рақамли rivojlanish departamenti

йҳх, ma’lumotlar tablosi, рақамли rivojlanish departamenti

йҳх, ma’lumotlar tablosi, рақамли rivojlanish departamenti

Bannerlarni masofadan turib LED-market elektron xizmati yordamida sozlash mumkin. Statistik ma’lumotlarning kunlik yangilanishi zarur ma’lumotlarni bir ma’lumotlar bazasidan boshqasiga bevosita o‘tkazish imkonini beruvchi maxsus ma’lumotlar almashinuvi dasturiy interfeysi (API) yordamida avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

Raqamli rivojlanish departamenti 14 turdagi ma’lumotlardan tashqari, “Toshkent haydovchilari” Telegram-kanalidagi xabarlar repost qilingan bannerni ham aks ettirdi. Mas’ul xodim fuqarolar uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni tanlaydi, uni bannerga moslashtiradi va nashr etadi. Ekranda xabar muallifi, xabar matni va yuborilgan vaqti ko‘rsatiladi.

йҳх, ma’lumotlar tablosi, рақамли rivojlanish departamenti

Ta’mirlash ishlari tugallangach, sakkizta O‘MTning barchasi o‘z joyiga qaytadi: ikkita ekran — “Minor” metro bekati yaqinidagi chorrahaga, ikkitasi — Mustaqillik shoh ko‘chasi va Oqqo‘rg‘on ko‘chasi chorrahasiga, bittasi — Shahrisabz ko‘chasi va Amir Temur shoh ko‘chasi kesishgan chorrahaga, ikkitasi esa “Toshkent” aeroportiga. O‘MTlarni o‘rnatish ishlari shu bilan tugamaydi. Raqamli rivojlanish departamenti xuddi shunday tablolarni P-shaklli konsollar mavjud bo‘lgan yo‘l uchastkalariga, kelajakda esa butun shahar bo‘ylab o‘rnatish niyatida.

Internetdagi fotosuratlarga qaraganda, butun dunyo shaharlaridagi O‘MTlar shahar ichidagi ko‘chalarda emas, balki magistrallarda qo‘llanadi. “Gazeta.uz” urbanistlar va transport muhandislarining piyodalar ham, avtomobillar ham harakatlanadigan ko‘chalarga O‘MT o‘rnatish zaruriyati haqidagi fikrlari to‘g‘risida material tayyorlamoqda.