Yangi yil arafasida NRG qurilish kompaniyasi Toshkent aholisi hayotining turli jabhalariga qancha vaqt sarflashini o‘rganish uchun qiziqarli tadqiqot o‘tkazdi.

NRG poytaxt aholisidan ishga, oila a’zolari va do‘stlar bilan muloqotga, sayrga, sport bilan shug‘ullanishga, ijtimoiy onlayn hayotga va yo‘lga kuniga qancha vaqt sarflashlarini so‘radi.

Insight onlayn tadqiqot paneli orqali o‘tkazilgan so‘rovnomada turli kasb va faoliyat sohalaridan 25 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 400 dan ortiq kishi ishtirok etdi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, toshkentliklar bir yildagi 8760 soatning o‘rtacha 1488 soatini ish rejimida o‘tkazadi. Agar ushbu ma’lumotlarni kundalik o‘lchovlarga o‘giradigan bo‘lsak, aholi bir yil davomida 62 kunini ishga sarflaydi.

nrg, реклама

Odamlar yiliga 1421 soat yoki taxminan 59 kunni oila bilan muloqot qilish, farzandlari bilan o‘ynash va birgalikda dam olishga bag‘ishlashadi.

nrg, реклама

Do‘stlar bilan uchrashish va muloqot qilish vaqti 487 soatni yoki bir yildagi 365 kundan 20 kunni tashkil etdi.

nrg, реклама

Toshkent aholisi o‘z vaqtining sezilarli qismini — yiliga 1111 soat yoki 46 kun — virtual dunyoda o‘tkazadi. Umuman olganda, odamlar bu vaqtni internetda ish va shaxsiy masalalar bo‘yicha muloqot qilishga, ta’lim olishga va o‘yin-kulgiga sarflashadi. Faqat ishdan tashqari kontentni iste’mol qilish va ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda muloqot qilish yiliga 926 soat yoki taxminan 38,5 kun davom etadi.

Boshqa tomondan, odamlar toza havoda sayr qilish uchun yetarlicha vaqt ajratadilar — yiliga 636 soat yoki 26,5 kun. Sport bilan shug‘ullanishga 317 soat yoki taxminan 13 kun vaqt sarflanadi.

Shuningdek, tadqiqot natijalariga ko‘ra, toshkentliklar yiliga 372 soat yoki 15,5 kunini yo‘lda o‘tkazishadi. Bu vaqt ishga qatnovni hamda shahar bo‘ylab boshqa sayohatlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu vaqtdan yiliga o‘rtacha 5,5 kun yoki 132 soatni esa aholi tirbandlikda o‘tkazadi.

Kompaniya ushbu tadqiqotdan quyidagicha xulosa qildi: poytaxt aholisi uchun kundalik ishlar orasida oila va do‘stlar bilan muloqot qilish, sayr qilish va sport bilan shug‘ullanish, ya’ni “yashash uchun vaqt”ni topish muhimdir. Kundalik hayotning tezlashib borayotgan ritmi bilan bir qatorda, Work-Life Balance deb ataladigan ehtiyoj tobora dolzarb bo‘lib bormoqda.

NRG kompaniyasining tadqiqotlari vaqt imkon qadar samarali foydalanish uchun qimmatli resurs ekanligi haqida yaxshi eslatma bo‘ldi. Yangi yil arafasida esa, insonlar yil sarhisobini qilib, yangi maqsadlar qo‘ygan bir paytda, bunday tadqiqotlar odatlarni o‘zgartirish va hayotni yaxshilash uchun yaxshi turtki bo‘lishi mumkin.

Telefon: 1060.

Sayt: yangibaxt.u-nrg.uz
Instagram: @nrg_uzbekistan
Facebook: fb.com/nrg.uzbekistan
Telegram: t.me/nrguzb

Reklama huquqlari asosida.