“Sber” jamoasi Investor kuni doirasida 2021−2023-yillarga mo‘ljallangan strategiya natijalarini sarhisob qildi va 2026-yilgacha yangi rivojlanish strategiyasi haqida gapirib berdi. Tadbirda quyidagilar ishtirok etdi:

  • German Gref — prezident, boshqaruv raisi;
  • Kirill Saryov — boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari;
  • Aleksandr Vedyaxin — boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari;
  • Andrey Belevsev — katta vitse-prezident, “Texnologiyalar” blokining rahbari;
  • Taras Skvorsov — vitse-prezident, “Moliya” blokining rahbari.

реклама

Strategiya 2021−2023 natijasiga ko‘ra “Sber” chakana mijozlari soni 10 mln ko‘paydi va 108 mln tashkil etdi, korporativ mijozlar soni 500 mingga ko‘payib, 3,2 mln tashkil etdi. Jamoa AI-transformatsiyasida taraqqiyotga erishgan va texnologik mustaqillikni ta’minlagan holda, barqarorlik va innovatsion rivojlanishni ta’minladi.

реклама

Yangi strategik tsiklda “Sber” uzoq muddatli istiqbolni shakllantirishga alohida e’tibor qaratdi. Texnologiyalar, birinchi navbatda, sun’iy intellekt zamonaviy dunyo va kelajakni belgilovchi asosiy omilga aylanib bormoqda.

Asosiy masalalardan biri texnologiyalarning odamlarga xizmat qilishini yo‘lga qo‘yishdan iborat. “Sber” biznes modelining markazida inson, uning qiziqishlari va intilishlari turadi.

Sun’iy intellekt insonning shaxsiy yordamchisiga aylanib bormoqda — u har kimning imkoniyatlarini kengaytirib, insonga o‘z salohiyatini amalga oshirishda yordam beradi. Bu “Sber”ning insonga yo‘naltirilganik sari yo‘lidagi qo‘ygan qadami.

реклама

Yaqin 3 yil mobaynida “Sber” insonga yo‘naltirilgan tashkilotga o‘tishga tayyorlanmoqda. Ushbu murakkab transformatsiya uchta asosiy sohaga ta’sir qiladi:

  1. Texnologiyalar — yangi avlod sun’iy intellektini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat beriladi.
  2. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha biznes-model.
  3. Madaniyat.

Uzoq muddatli ustuvorliklardan tashqari “Sber” quyidagilarga alohida e’tibor qaratadi:

  • eng yaxshi mijozlik tajribasini yaratish va rivojlantirish;
  • samaradorlikni oshirish;
  • servislarning ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlash;
  • sun’iy intellektni biznesning barcha yo‘nalishlariga tezkor joriy etish.

реклама

2026-yilgacha mo‘ljallangan ctrategiyasining moliyaviy maqsadlari:

  • strategiyaning har bir yilida kapital rentabelligi (ROE) >22%;
  • umumiy kapitalning yetarlilik koeffitsiyenti H20,0 >13,3%;
  • Dividendlarni to‘lash darajasi — “Sber grupp” sof foydasining 50%.

реклама

“Mijoz faqat daromad manbai sifatida qaraladigan iste’mol modeli o‘tmishda qoladi. Yangi biznesning maqsadi mijozga beqaror dunyoda moslashuvchan bo‘lish va moslashishga yordam berishdir. Biz mijozlar talablarini qondiradigan va undan ustun bo‘ladigan vositalarni yaratishimiz kerak. Biz har bir mijozimizga, har bir insonga o‘zimiz kabi munosabatda bo‘lishni o‘rganishimiz kerak.

Biz insonga yo‘naltirilgan birinchi kompaniyalardan biri bo‘lishni hamda odamlarga o‘z salohiyatlarini ochishga va ortiqcha texnologiyalar va axborotlar dunyosida omon qolishlariga yordam beradigan kompaniyalardan biriga aylanishni xohlaymiz.

Aynan sun’iy intellekt har bir inson uchun shaxsiy yordamchiga — katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash, maqsadlarni belgilash, hayotdagi ustuvorliklarni to‘g‘ri belgilash va tashkil etishda yordamchiga aylanishi mumkin bo‘lib, u insonning imkoniyatlarini kengaytirishga va uni kundalik ishlardan ozod qilishga imkoniyat yaratadi", — dedi German Gref, prezident, “Sberbank” Boshqaruv Raisi.

Reklama huquqlari asosida.