Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida JCH-2026 saralash turnirining 2-turi doirasidagi Eronga qarshi o‘yindagi durang haqida fikr bildirdi.

“Futbolchilarimni tabriklayman. Ular Erondek jamoaga qarshi 0:2 hisobida „kambek“ qilishdi va o‘z xarakterini ko‘rsatishdi. Lekin birinchi bo‘limda biz kerakli darajada o‘ynamadik, agressiv bo‘lmadik, raqibni o‘ynashi uchun imkoniyat berib qo‘ydik. Birinchi bo‘limdagi ikkita golga o‘zimiz sababchimiz. Yana bir bor aytmoqchimanki, 0:2 dan keyin „kambek“ qila olish juda yaxshi. Men xursandman, futbolchilar ham xursand”, — dedi u.

Murabbiy ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston tomoni tarjimoni qizil kartochka olishiga sabab bo‘lgan murabbiylar shtabi o‘rtasidagi mojaroga ham izoh berdi. U hakamlarni ayblamasligini aytdi, lekin uning fikricha, ular mezbonlardan ko‘ra Eron jamoasiga ko‘proq hurmat ko‘rsatishdi. “Men buni shunday qabul qildim, hakamlarga qarshi da’voim yo‘q”, — deydi mutaxassis.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday mojaroli vaziyatlar va provokatsiyalar “Eron tomonidan raqib yetakchilikni qo‘lga kiritganda, o‘yin tezligini pasaytirish maqsadida qilindi”.

Srechko Katanets O‘zbekiston 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan birinchi bo‘limdan so‘ng futbolchilarga kiyinish xonasida nimalar deganini aytdi. “Men ularga, ehtimol, qo‘rqishayotganini, bunga sabab biz yetarlicha agressiv bo‘lmaganimizni, qattiq o‘ynamaganimizni, to‘pni juda sekin harakatlantirganimizni aytdim. Bu komponentlarda eronlik futbolchilar yaxshiroq edi. Futbolchilar bu gaplarni tinglashdi va [ikkinchi bo‘limda ko‘rsatmalarimni] amalga oshirishdi”, — dedi u.

Bosh murabbiy xorij klublarida to‘p surayotgan jamoa rahbarlarining o‘yin amaliyoti yo‘qligi muammolardan biri ekanini ta’kidladi. Gap Italiyaning “Kalyari” klubida ijara asosida o‘ynovchi hujumchi Eldor Shomurodov, himoyachi Husniddin Aliqulov (Turkiya “Rizespor”), himoyachi Rustamjon Ashurmatov (Rossiya “Rubin”) haqida ketmoqda. Uning fikricha, agar ular yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lsa, terma jamoa “20−30 foizga yaxshilanishi mumkin”.

“Chet elda to‘p surayotgan deyarli barcha futbolchilar [muntazam] o‘ynamaydi. Bu balki qisqa muddatga yaxshidir, lekin [maydonga tushmaslik] bir oy davom etsa, men uchun muammo bo‘ladi. Ular Eronni mag‘lub eta oladigan sifatlarga ega ekanligini ko‘rishdi. Biz g‘alaba qozona olamiz, bilaman. Lekin ular o‘z ustida ishlashlari kerak, ayniqsa jismonan… Lekin umuman olganda men jamoadan, ularning xarakteri va yaxshi o‘yinchilaridan mamnunman”, — deya ta’kidladi u.

Jurnalistlardan biri nega Katanets birinchi daqiqalardanoq yosh futbolchilarni, masalan, Fransiyaning “Lens” klubida to‘p surayotgan 19 yoshli himoyachi Abduqodir Husanov va Rossiyaning “SSKA” jamoasidagi 20 yoshli yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev kabi yosh futbolchilarni tushirmaganini so‘radi. Murabbiyning fikricha, yosh futbolchilar bilan “ehtiyotkor bo‘lish kerak”.

“Sizningcha, men yosh futbolchilarga birinchi daqiqadanoq bunday mas’uliyat yuklashim kerakmi? Futbolchilarning psixologik holati haqida o‘ylash kerak. Asta-sekin ular bazada o‘z joylarini egallaydi. Husanovga kelsak, u ham o‘z klubida muntazam o‘ynamaydi. Uni qanday boshlang‘ich tarkibda tushirishim mumkin? Bular yosh futbolchilar, ular o‘z klublarida rivojlanishi kerak. Buni [terma jamoada] qilishga vaqtimiz yo‘q. Terma jamoada 1−2 ta mashg‘ulot o‘tkazishimiz mumkin va tamom… Ular U-20 jamoasi uchun yaxshi o‘yin ko‘rsatadi, ammo bu boshqa daraja”, — deya tushuntirdi mutaxassis.

жч-2026 saralash, игорь сергеев, остон ўрuнов, сречко каtaнец, o‘zbekистон - эрон, фuтбол, элдор шомuродов

Eronga qarshi o‘yinda gol urgan va golli uzatmani amalga oshirgan yarim himoyachi Oston O‘runov o‘yin oldidan murabbiy “bugun yutqazishga haqqimiz yo‘q”, deganini aytdi. “Biz 0:2 hisobidagi o‘yinni durang natijada bilan yakunlay olganimizdan xursandmiz”, — dedi u.

жч-2026 saralash, игорь сергеев, остон ўрuнов, сречко каtaнец, o‘zbekистон - эрон, фuтбол, элдор шомuродов

Hujumchi Eldor Shomurodovning aytishicha, birinchi bo‘limdan so‘ng futbolchilar “qo‘lini tushirmadi va oxirigacha kurashishdi”. “Hamma ham natijadan xursand emas, chunki ular g‘alabaga ishongandi. Lekin bir ochko ham yomon emas, yomon o‘yin ko‘rsatmadik deb o‘ylayman”, — dedi u.

жч-2026 saralash, игорь сергеев, остон ўрuнов, сречко каtaнец, o‘zbekистон - эрон, фuтбол, элдор шомuродов

“Birinchi bo‘limda xatolar bo‘ldi, ammo ikkinchi bo‘limda futbolchilar o‘zlarini yig‘ib olishdi va borlarini berishdi”, — deb ta’kidladi ikkinchi golga mualliflik qilgan hujumchi Igor Sergeyev.

“Xosh, biz g‘alaba qozonmadik, lekin durangga erishdik. Xatolar bo‘ldi, Eron kuchli jamoa, bunday xatolarni kechirmaydi. Ikkinchi bo‘limda bunday xatolar bo‘lmadi, o‘tkazib yubormadik va ikkita gol urdik… Provokatsiyalarga kelsak, bu Eron, bu birinchi o‘yin emas, bu yangilik emas. Eron butun umr shunday o‘ynaydi. Shunchaki bunga to‘g‘ri munosabat bildira bilish kerak”, — dedi u.

Eron bosh murabbiyi Amir Galenoyning aytishicha, uning o‘yinchilari birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynagan, ammo ikkinchi bo‘lim “ular uchun tugadi”.

“Ikkinchi bo‘limda o‘zbekistonlik futbolchilar o‘yin ko‘rsatishdi va ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Futbolchilarimiz maydonni aylanib yurishdi, o‘zbek futbolchilari esa chin yurakdan, mas’uliyat bilan o‘ynashdi… Bu biz uchun katta saboq bo‘ldi. O‘zimiz uchun xulosa chiqardik”, — deydi 60 yoshli mutaxassis.

O‘yin foto va videosi