Chorshanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lda yonayotgan mashinaning videosi tarqaldi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Xayot Shamsutdinovning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, 4-oktabr kuni soat 02:00 da Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida taksist bo‘lib ishlagan 24 yoshli Matiz haydovchisi o‘ldirilgan.

Uning mashinasi yoqib yuborilgan. Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, erkakning jasadi yonayotgan mashinadan 300 metr uzoqlikdan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.