«haydovchi» tegli maqolalar


Toshkent viloyatida taksichi o‘ldirilib, mashinasi yoqib yuborildi
4 oktabr 2023, 18:39

Toshkent viloyatida taksichi o‘ldirilib, mashinasi yoqib yuborildi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan 24 yoshli yigit o‘ldirilgan, mashinasi esa yoqib yuborilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lda yonayotgan mashina videosi paydo bo‘ldi.

Farg‘onada taksi haydovchisining mashinasini shikastlagan erkak ushlandi, IIB xodimlariga esa xizmat tekshiruvi tayinlandi
3 avgust 2023, 09:17

Farg‘onada taksi haydovchisining mashinasini shikastlagan erkak ushlandi, IIB xodimlariga esa xizmat tekshiruvi tayinlandi

Farg‘onada telefoniga javob bermagani uchun Yandex haydovchisi mashinasining oynalarini tosh bilan sindirgan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va gumonlanuvchi ushlandi. Ushbu voqeaga guvoh bo‘lib, biror chora ko‘rmagan IIB xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Toshkent viloyatida haydovchi velosipedchini urib yuborib, qochib ketdi
21 iyun 2023, 20:26

Toshkent viloyatida haydovchi velosipedchini urib yuborib, qochib ketdi

Velosipedchi Nikolay Sderjikovni yakshanba kuni ertalab Toshkent-Chorvoq yo‘lida mashina urib yubordi. U darhol o‘rnidan tura olmagani uchun mashinani eslolmagan. Velosipedchi hodisa tasvirlarini yuborgan kishiga 10 mln so‘m mukofot puli kafolatlanganini ma’lum qildi.

Sergelida fuqaro tez yordam mashinasi haydovchisini do‘pposladi
27 fevral 2023, 15:36

Sergelida fuqaro tez yordam mashinasi haydovchisini do‘pposladi

Dushanba kuni erta tongda Sergeli tumanida tez yordam mashinasi haydovchisi kaltaklandi. Aniqlanishicha, bemorning yaqini feldsherga yaxshi qaramagani uchun kuch ishlatmoqchi bo‘lgan, haydovchi esa uni himoya qilmoqchi bo‘lgan. Hozirda holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Farg‘onada haydovchiga «ruhiy azob yetkazgan» YPX inspektorlari javobgarlikka tortildi
21 dekabr 2022, 18:11

Farg‘onada haydovchiga «ruhiy azob yetkazgan» YPX inspektorlari javobgarlikka tortildi

Quvalik haydovchi Farg‘onada o‘ziga nisbatan noqonuniy bayonnoma tuzgan ikki nafar YPX xodimini ruhiy azob yetkazganlikda ayblab sudga berdi. Sud uning da’vosini qanoatlantirib, inspektorlarning har biriga 3 mln so‘mdan ma’naviy zarar undirish to‘g‘risida hukm chiqardi.

Ohangaronda jarima maydonchasiga olib ketilayotgan haydovchi o‘zini mashinadan tashlab yubordi
7 iyun 2022, 09:47

Ohangaronda jarima maydonchasiga olib ketilayotgan haydovchi o‘zini mashinadan tashlab yubordi

20 may kuni Ohangaronda YPX inspektori jarima maydonchasiga olib ketayotgan «VAZ-2121» haydovchisi o‘zini mashinadan tashlab yubordi. 27 yoshli fuqaro 6 iyun kuni kechasi shifoxonada vafot etdi. Prokuratura tekshiruv o‘tkazmoqda.

Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan avariyada Qirg‘iziston fuqarosi vafot etdi
16 aprel 2022, 13:17

Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan avariyada Qirg‘iziston fuqarosi vafot etdi

Qirg‘izistonlik haydovchi boshqaruvidagi suyultirilgan gaz ortilgan yuk mashinasi Qamchiq dovonida qatnov qismini ajratib turuvchi to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi. Buning oqibatida haydovchi voqea joyida vafot etdi.

Buxoroda Milliy gvardiya xodimi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi
27 dekabr 2021, 10:58

Buxoroda Milliy gvardiya xodimi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi

Buxoroda fuqaro Milliy gvardiya xodimi xizmat vaqtida avtomobil urib ketishi oqibatida vafot etdi. Safdorni urib ketganlikda gumon qilingan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u qamoqqa olindi.

8 yoshli haydovchi Lacetti bilan supermarket ichiga kirib bordi (video)
7 yanvar 2021, 20:52

8 yoshli haydovchi Lacetti bilan supermarket ichiga kirib bordi (video)

Toshkentda 8 yoshli haydovchi otasining qarovsiz qoldirgan Lacetti avtomobilini haydab, supermarket ichiga kirib bordi. Hodisada hech kim jarohatlanmadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting