1-oktabrdan boshlab O‘zbekistonda yuridik shaxslar uchun elektr energiyasiga yangi tariflar joriy etilishi munosabati bilan “elektr zapravkalar” tarmoqlari tomonidan ham narxlar oshirildi.

Eng yirik TokBor quvvatlantirish stansiyalari (mamlakat bo‘yicha 125 dan ortiq stansiyaga ega) tarmog‘i 1 kVt/soat uchun quvvatlanish narxini 700 so‘mga oshirayotganini ma’lum qild. Xususan:

  • O‘zgaruvchan tokli stansiyalar uchun 1950 so‘m/kVt/soat;
  • Doimiy tokli stansiyalar uchun 2850 so‘m/kVt/soat.

Quvvatlantirish boshlash va oxirida to‘xtatish uchun minimal summa o‘zgarishsiz qoladi.

Kompaniya narxlarning o‘zgarishini yuridik shaxslar uchun ikki baravar oshirilgan elektr energiyasining yangi tariflari bilan izohladi.

Elektr yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘iga ko‘ra, tariflar narxini hisoblashda asosiy ulushni elektr quvvatini qoplash xarajatlari, shuningdek, elektr energiyasi tariflari bilan bog‘liq bo‘lgan stansiyalarni o‘rnatish maydonchalarining ijarasi tashkil etadi.

“Bundan tashqari, bizning tarmog‘imizni ishlatish va kengaytirish bilan bog‘liq juda ko‘p xarajatlar bor, yaqin kelajakda energiya resurslariga narxning oshishi ularga ham ta’sir qiladi. Bizning eng kamtarin hisob-kitoblarimizga ko‘ra, endilikda elektr quvvatini yangi narxlarda qoplash, xizmatlar ko‘rsatishning hozirgi sifati va tarmoq rivojlanish sur’atini saqlab qolish maqsadida bilvosita xarajatlarning oshishini hisobga olmagan holda narxni 700 so‘mga oshirishga majburmiz”, — deyiladi bayonotda.

Megawatt Energy ham narxlarni oshirish rejalari haqida “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi. Narxlar oshishidan oldingi tariflar:

  • 7/22 kVt quvvat — 1 kVt/soat uchun 1333 so‘m
  • 60/120 kVt — 1555 so‘m;
  • 80/160 kVt — 1777 so‘m;
  • 200 kVt — 1888 so‘m;
  • 240 kVt — 1999 so‘m.

Kompaniya 3-oktabr kuni yangi tariflarni e’lon qilishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq, tadbirkorlar uchun gaz tariflari oshirilgani ortidan 1-oktabrdan AGTKSHlarda bir kubometr gaz narxi 2700−2800 so‘mdan 3100−3250 so‘mga (maksimal narx) ko‘tarilgani haqida xabar berilgandi.