Tijorat banklarida dollar kursi 12 000 so‘mdan oshdi

Tijorat banklari 10-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 12 000−12 070 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 12 120−12 135 so‘m. Banklarda dollar kursi birdan 400 so‘mga qimmatladi.

Prezident Buxoroga tashrif buyuradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki kun davomida Buxoro viloyatida bo‘ladi. Tashrif davomida O‘zbekistonda tabiiy gaz va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda inflyatsiyani jilovlash masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi kutilmoqda.

Blogerlar Sanjar Ikromov va Sherali Komilov qidiruvga berildi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi blogerlar Sanjar Ikromov (Sanjar Xo’ja) va Sherali Komilovni (Detektiv Uz) qidiruvga berdi. Ular firibgarlikda, Komilov esa qo‘shimcha ravishda haqorat qilishda ham ayblanmoqda.

O‘zbekistonda Marion Biotech dorilari 65 bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan

O‘zbekistonda Marion Biotech dorilari 65 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan. Bu bilan bog‘liq ish bo‘yicha sud 11-avgustda boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot kotibi Aziz Abidov ma’lum qildi.

“2023-yildan ham zarar bilan chiqadi”. “Milliy elektr tarmoqlari” nega faqat zararga ishlayotgani haqida

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” 2022-yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat ulushdorligidagi korxona bo‘lganini elektr energiyasini qimmat olib, arzon sotgani bilan izohladi. Kompaniya 2021-yildan ham zarar bilan chiqqan. 2023-yildan ham zarar bilan chiqishi kutilmoqda.

Elektr energiyasi va gaz narxi oshishi 2023-yil uchun inflyatsiya prognozida aks ettirilgan — Markaziy bank raisi o‘rinbosari

O‘zbekistonda elektr energiyasi, gaz va suv narxlarining liberallashtirilishi va uning narxlar o‘sishiga ta’siri 2023-yil uchun inflyatsiya prognozida nazarda tutilgan, dedi Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev.

IIO narkologik kasalliklarga chalinganlarni majburiy davolashga yuborish huquqiga ega bo‘ldi

Ichki ishlar organlari narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega bo‘ldi.

Andijonda 21 yoshli ayol o‘zini osib o‘ldirgani aytilmoqda. Uning otasi esa bunga shubha qilyapti

15-iyul kuni Oltinko‘l tumanida 21 yoshli ayol yashash xonadonida o‘zini osib, vafot etgani aytilmoqda. Uning otasi “Gazeta.uz”ga o‘lim sabablaridan shubhalanayotgani va qizining murdasida tan jarohatlari bo‘lganini ma’lum qildi. “Farzandimning o‘zini zaharlashi va jarohat yetkazishiga umuman ishonmayman”, — dedi u.

“Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘lgan 50 dan ortiq loyihada ishlar sifatsiz amalga oshirilgan yoki yakunlanmagan — „Yuksalish”

“Yuksalish” harakatining monitoringi davomida 2022-yilda “Tashabbusli budjet”da yutgan 50 dan ortiq loyihada ishlar sifatsiz qilingani, to‘liq moliyalashtirilmagani va yakuniga yetmagani aniqlandi.

Toshkent metrosining nomsiz bekatlariga nihoyat nom berildi

Toshkentda ochilganidan beri faqat raqamlar bilan ajratilgan 19 ta metro bekatiga nom berildi. “Do‘stlik — Qo‘yliq” yer usti metro halqa yo‘liga “O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi” nomi berildi.

Toshkentda yana 8 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi

Toshkentdagi yana 8 ta avtobus yo‘nalishi kunlik reja bekor qilingan holda brutto-shartnomalarga o‘tkazildi.

Samarqandda 8 kilogrammdan ortiq “opiy” giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Urgut tumanida DXX xodimlari tomonidan giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘ullanganlikda gumonlangan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Ulardan Tojikistondan olib kelingan jami 8,3 kg “opiy” musodara qilindi.

Endi advokat bo‘lish uchun 2 yillik ish staji talab etilmaydi

“Advokatura to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritildi. Endi advokatlik litsenziyasini olish uchun yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish staji so‘ralmaydi. Faqat biror advokatlik tuzilmasida kamida 3 oy muddat stajirovka o‘tash kerak. Shundan so‘ng malaka imtihoni topshiriladi.

“O‘z e’tirozlarimizni bildirdik”. AQShning “Ohangaronsement”ga qarshi sanksiyalari haqida MB rahbari

Prezident topshirig‘i bilan tuzilgan ishchi guruh AQShda bo‘lib, “Ohangaronsement” va ta’sischisi Akkermann Cyement CA`ga (Alisher Usmonovning USM xoldingidagi kompaniya tomonidan tashkil etilgan) qarshi sanksiyalar bo‘yicha o‘z e’tirozlarini bildirdi, deya ma’lum qildi Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

“Uning ulkan rejalari bor edi”. Ra’no Jo‘rayeva Uzbekistan Airpors`ni qanday o‘zgartirdi?

Uzbekistan Airpors raisi Ra’no Jo‘rayeva misolida davlat tashkiloti rahbarining ishdan bo‘shatilishi turli his-tuyg‘ularga sabab bo‘lishi juda kam uchraydigan holat. 2,5 yil ichida u o‘n yillar davomida kutilgan ko‘plab o‘zgarishlarni amalga oshirdi. “Gazeta.uz” uning ishdan bo‘shatilish sabablarini o‘rganishga urindi.