16-iyun kuni soat 8:10 da Yashnobod tumanida Toshkent halqa yo‘lida Spark avtomobilini boshqarayotgan 1984-yilda tug‘ilgan N.S. yo‘lni tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qildi.

Oqibatda 1995-yilda tug‘ilgan piyoda A. T. olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etdi.

Mazkur holat yuzasidan IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.